https://oz.sputniknews.uz/20260601/madaniyat-sanat-vakillar-mukofot-topshirish-58000310.html
Prezident madaniyat va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi
Prezident madaniyat va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 24 nafar ijodkor vafotidan so‘ng taqdirlandi.
2026-06-01T13:42+0500
2026-06-01T13:42+0500
2026-06-01T13:42+0500
madaniyat
shavkat mirziyoyev
taqdirlash
mukofot
san’at
farmon
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/01/58000134_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_7a438d1b3d4afc70c6b1625144fb9a7f.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkentda madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofot sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi.Mukofotlar milliy madaniyat va ma’naviyatni yuksaltirish, san’at va adabiyotni rivojlantirish hamda boy merosni asrab-avaylashga qo‘shgan hissa uchun prezidentning 28-maydagi farmoni bilan berilgan edi. Jami 167 nafar soha vakili taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Erkin Kamilov, Yodgor Sa’diyev, Zulfiqor Musoqov, Xurshid Rasulov, Munisa Rizayeva kabi taniqli ijodkorlar ham bor.Shuningdek, bugun oramizda bo‘lmasa-da, ijodi va hayoti bilan xalq xotirasida qolgan 24 nafar adabiyot, madaniyat va san’at darg‘asi vafotidan so‘ng taqdirlandi. Ular qatorida Shuhrat Abbosov, Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov, Obidjon Yunusov, Zaynab Sadriyeva va Hamza Umarov kabi san’at va adabiyot namoyandalari bor.Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan prezident farmonida tanishish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260528/prezident-bir-guruh-madaniyat-sanat-va-adabiyot-xodimlarini-mukofotladi-57927719.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/01/58000134_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_e6dd0f68d774bc8d0ba5f9f9dccc120f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, shavkat mirziyoyev, taqdirlash, mukofot, san’at, farmon, o‘zbekiston
madaniyat, shavkat mirziyoyev, taqdirlash, mukofot, san’at, farmon, o‘zbekiston
Prezident madaniyat va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi
Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohasining 167 nafar vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini ta’kidladi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkentda madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofot sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi.
Mukofotlar milliy madaniyat va ma’naviyatni yuksaltirish, san’at va adabiyotni rivojlantirish hamda boy merosni asrab-avaylashga qo‘shgan hissa uchun prezidentning 28-maydagi farmoni bilan berilgan edi. Jami 167 nafar soha vakili taqdirlandi.
Ular orasida yozuvchi va shoirlar, xonanda va sozandalar, raqs ustalari, opera ijrochilari, bastakorlar, teatr, kino va sirk san’ati namoyandalari, baxshilar, askiyachilar, hunarmandlar, rassomlar, muzey va kutubxona xodimlari, ustoz-murabbiylar bor.
Mukofotlanganlar orasida Erkin Kamilov, Yodgor Sa’diyev, Zulfiqor Musoqov, Xurshid Rasulov, Munisa Rizayeva kabi taniqli ijodkorlar ham bor.
Shuningdek, bugun oramizda bo‘lmasa-da, ijodi va hayoti bilan xalq xotirasida qolgan 24 nafar adabiyot, madaniyat va san’at darg‘asi vafotidan so‘ng taqdirlandi. Ular qatorida Shuhrat Abbosov, Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov, Obidjon Yunusov, Zaynab Sadriyeva va Hamza Umarov kabi san’at va adabiyot namoyandalari bor.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan prezident
farmonida tanishish mumkin.