Toshkentdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Polshadagi futbol musobaqasida g‘olib bo‘ldi

© Sayt nadziejanamundial.plDeti iz Uzbekistana stali pobeditelyami mejdunarodnogo futbolnogo turnira v Polshe
Deti iz Uzbekistana stali pobeditelyami mejdunarodnogo futbolnogo turnira v Polshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tuzilgan jamoa Varshavada o‘tgan turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bolalar Polshada o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi xalqaro futbol musobaqasida g‘olib bo‘ldi.
Varshava shahrida tashkil etilgan turnirda Toshkent shahridagi 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tuzilgan jamoa O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Jamoa musobaqa davomida ketma-ket 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda ham zafar quchgan o‘zbekistonlik futbolchilar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa “Hope for Mundial” loyihasi doirasida o‘tkaziladi. Tashkilotchi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha 2010-yilda Polshada mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi milliy chempionat sifatida boshlangan.
2011 yilda xalqaro Polsha chempionati, 2013-yilda esa ilk bor Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilgan.
2026 yilgi turnir jadvaliga ko‘ra, musobaqa bir kunlik formatda o‘tgan: ertalab rasmiy ochilish, keyin guruh bosqichi, pley-off, uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yini tashkil etilgan.
Avvalroq mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari 2023-yilda Varshavada o‘tgan VIII jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan edi.
Uzbekistansi v Sibiri proveli futbolniy turnir v preddverii Chempionata mira FIFA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
JCh-2026 yo‘llanmasi sharafiga Sibirda o‘zbekistonlik jamoalar turniri o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0