Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi
16:39 29.05.2026 (yangilandi: 16:58 29.05.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOIIning barcha asosiy faoliyatida faol ishtirok etmoqda — Mirziyoyev.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ostonada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
O‘z nutqida davlat rahbari, O‘zbekiston YeOIIning barcha asosiy faoliyatida faol ishtirok etayotganini va Ittifoq davlatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘lildan boayotganini ta’kidladi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning quyidagi beshta ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi:
1.
O‘zbekiston va YeOII orasida to‘siqsiz savdo uchun yagona raqamli makon shakllantirish. Bu elektron tijoratni tartibga solishga yondashuvlarni ishlab chiqish va uyg‘unlashtirishni, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli ma’lumotlar almashinuvini, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni va elektron hujjatlarni bosqichma-bosqich tan olishni o‘z ichiga oladi. 2.
Sanoat hamkorligiga yangi turtki berish. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologik hamkorlik va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishga biznesning qiziqishi ortib bormoqda. Istiqbolli sohalar qatoriga sanoat avtomatlashtirish va robototexnika, energiya komponentlarini ishlab chiqarish, suvni tejaydigan texnologiyalar, ilg‘or qurilish materiallari kiradi. 3.
Energiya samaradorligini oshirish, "yashil" transformatsiya bo‘yicha qo‘shma dasturni qabul qilish. Bu endi nafaqat ekologik muammo, balki sanoatning uzoq muddatli raqobatbardoshligining asosiy omilidir.4.
Milliy elektron bandlik xizmatlarini integratsiya qilish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini yangi darajaga ko‘tarish. Bu yerda gap fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari, bandlik sharoitlari va migratsiya qoidalari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish imkonni beruvchi qulay va uzluksiz raqamli muhitni yaratish haqida ketmoqda. Bu mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish, ishchilar malakasini oshirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish imkonini beradi. 5.
Biz "Markaziy Osiyo turizm halqasi" tashabbusini boshladik. YeOII davlatlarini ushbu sayyohlik yo‘nalishini mashhur raqamli platformalarda birgalikda targ‘ib qilishda ishtirok etishga taklif qilamiz.Hurmatli hamkasblar, xulosa qilib aytganda, YeOII bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlamoqchiman. Ishonchim komilki, O‘zbekistonning yuqorida tilga olingan qo‘shma tashabbuslar va loyihalardagi ishtiroki o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.