Bortnikov: AQSh va Isroil Eron rahbariyati vakillarini texnologiyalar orqali yo‘q qilgan

© REUTERSTegeran, Iran
Tegeran, Iran
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya FXX direktoriga ko‘ra, Tehrondagi videomonitoring tizimlariga joylashtirilgan dasturiy “xatcho‘plar” Eron rahbariyati vakillarining koordinatalarini aniqlashda ishlatilgan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. AQSh va Isroil maxsus xizmatlari Eron rahbariyati vakillariga qarshi operatsiyada raqamli texnologiyalardan foydalangan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi.
“Yaqinda AQSh-Isroil alyansi tomonidan Eron oliy rahbariyati vakillarining yo‘q qilinishi xavotirli signaldir. Qurbonlarning joylashuv koordinatalari, jumladan, Tehrondagi videomonitoring tizimlaridagi dasturiy "xatcho‘plar" (yashirin o‘rnatilgan kodlar - tahr.) orqali olingan”, — dedi Bortnikov.
FXX direktori bu misolni MDH davlatlari uchun texnologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhim ogohlantirish sifatida keltirdi. Uning aytishicha, G‘arb texnologik platformalariga qaramlik NATO davlatlari va ularning ittifoqchilari maxsus xizmatlari tomonidan kiberhujumlar uyushtirilishi xavfini kuchaytiradi.
Bortnikovning ta’kidlashicha, bu masala ayniqsa strategik muhim tarmoqlar — aloqa, davlat boshqaruvi va qaror qabul qilish tizimlari uchun dolzarb.
U G‘arb davlatlarining MDH mamlakatlari iqtisodiyotining muhim sohalariga raqamli innovatsiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etishga qiziqishi sabablari haqida o‘ylash zarurligini aytdi.
FXX direktori xorijiy neyron tarmoq modellari shaffofligi kafolatlanmaganini ham qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inqiroz holatida mamlakatni tezkor boshqarishning to‘liq raqamlashtirilgan mexanizmlari qanchalik ishonchli bo‘lishi masalasi ham ochiq qolmoqda.
Bortnikov bu haqda Irkutsk viloyatida o‘tayotgan MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 58-yig‘ilishida aytdi.
IT cpetsialist za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
DXX kiberxavfsizlikni tekshirish uchun mustaqil “xaker”larni jalb etadi — yangi qonun
Yangiliklar lentasi
0