30 foizgacha chegirmalar: Hayit kunlaridagi mehmonxonalar narxlari e’lon qilindi

© Sputnik / Baxrom Xatamov Turisticheskoy jizn Buxari
Turisticheskoy jizn Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
27–31 may kunlari respublika bo‘ylab ayrim mehmonxona, mehmon uyi va boshqa joylashtirish vositalarida 30 foizgacha chegirmalar amal qiladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Turizm qo‘mitasi Qurbon hayiti kunlarida aholining dam olish vaqtini mazmunli tashkil etish va ichki turizmni rag‘batlantirish maqsadida 27–31 may kunlari respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilishini ma’lum qildi.
Xususan:
• hududlardagi joylashtirish vositalari o‘z xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar e’lon qilgan;
• Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga chiptalar uchun 10 foizgacha chegirma beriladi;
• pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan.
Turizm qo‘mitasi e’lon qilgan mehmonxona narxlari va chegirmalar ro‘yxati quyida keltirilgan.
Bayram kunlarida nogironligi bo‘lgan fuqarolar, keksa yoshdagilar va bolalar uchun muqaddas qadamjolarga kirish bepul bo‘ladi.
Qo‘mita o‘zbekistonliklarni dam olish kunlaridan foydalanib, mamlakat hududlari bo‘ylab sayohat qilishga chaqirdi.
Ansambl religioznogo kompleksa Xazrati Imam v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi: o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladi
Yangiliklar lentasi
0