FXX direktori: O‘zbekiston DXX bilan hamkorlikda Rossiyada beshta teraktning oldi olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDirektor Federalnoy slujbi bezopasnosti RF (FSB Rossii) Aleksandr Bortnikov
Direktor Federalnoy slujbi bezopasnosti RF (FSB Rossii) Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov O‘zbekiston DXX bilan hamkorlikda Rossiyada beshta teraktning oldi olinganini ma’lum qildi
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) bilan hamkorlikda Rossiya hududlarida beshta terrorchilik hujumining oldini oldi. Bu haqda Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar Rossiyaning turli hududlarida, jumladan Moskvada tayyorlangan.
“O‘zbekiston DXX bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida, shu jumladan Moskvada beshta terrorchilik hujumining oldi olindi”, dedi Bortnikov.
U bu haqda Irkutsk viloyatida o‘tayotgan MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 58-yig‘ilishida aytdi. Yig‘ilishda terrorizm, diniy radikalizm va transmilliy xavflarga qarshi hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Bortnikov, shuningdek, “Viloyat Xuroson”* terrorchilik tashkiloti faoliyati haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, guruh Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek Rossiyadagi mehnat muhojirlari orasidan tarafdorlar jalb qilishga urinmoqda.
FXX direktori oldi olingan holatlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashda MDH maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
* Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti
Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
Afg‘onistonda 23 ming nafargacha terrorchi guruhlar jangarilari bor — Shoygu
Yangiliklar lentasi
0