Toshkent va Tanszin drenaj hamda suvni qayta ishlatish bo‘yicha loyihalar tayyorlaydi

© Xokimiyat goroda TashkentaDelegatsiya Tashkenta naxoditsya s rabochim vizitom v Kitae
Delegatsiya Tashkenta naxoditsya s rabochim vizitom v Kitae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent va Tanszin shaharlari drenaj tizimlari, tozalash inshootlari hamda suvni qayta ishlatish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqadi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Toshkent va Xitoyning Tanszin shahri drenaj tizimlari, tozalash inshootlari hamda suvni qayta ishlatish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi Toshkent shahri delegatsiyasi Xitoyning Tanszin shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikki shahar vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda shahar xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, drenaj tizimlarini rivojlantirish, tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, suvni yo‘naltirish, tozalash va qayta ishlatish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar amaliy tajriba almashish, samarali muhandislik yechimlarini o‘rganish va ularni Toshkentning jadal rivojlanayotgan shahar infratuzilmasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar yakunida hamkorlik hujjatlari imzolandi. Ular drenaj tizimlari va tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, suvni qayta ishlatish sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda qo‘shma loyihalar ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Vstrecha delegatsii Uzbekistana s SOHO Holding Group i drugix kompaniy provinsii Szansu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Yirik Xitoy kompaniyalari “Yangi Toshkent”da turar joy qurishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0