Sirdaryo delegatsiyasi Xitoy agrotexnologiyalari bilan tanishdi

© Sirdaryo viloyati hokimligiSirdaryo delegatsiyasi Xitoy agrotexnologiyalari bilan tanishdi
Sirdaryo delegatsiyasi Xitoy agrotexnologiyalari bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Xitoyda qo‘llanilgan samarali qishloq xo‘jalik texnologiyalarini Sirdaryo viloyatida ham qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Sirdaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Qashg‘ar shahridagi Jiangguoguo Agricultural Technology hamda Shule tumanida joylashgan Shandong Shuifa Group faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va eksportga tayyorlash jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, dalalarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy sug‘orish tizimlari va yuqori samarador agrotexnologiyalar amalda ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya innovatsion yechimlar asosida ishlayotgan zamonaviy issiqxonalar faoliyati bilan ham tanishib, mahsuldorlikni oshirish, eksportbop mahsulot yetishtirish va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashdi.
Uchrashuvlarda Sirdaryo viloyatida ham ana shunday ilg‘or tajribalarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va agrosanoat sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0