O‘zbekistonda birinchi masofaviy robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi

© SVVO‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
O‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Obuna bo‘lish
Besh ming kilometr masofadan turib bajarilgan noyob operatsiya jarayonini Xitoy va o‘zbekistonlik ko‘plab yosh mutaxassislar onlayn kuzatib bordi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi marta masofaviy robot jarrohlik operatsiyasi bajarildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu texnologik murakkab operatsiya akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Xitoyning Uxan shahridagi “Robot jarrohligi haftaligi – 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan mazkur noyob amaliyot yosh jarroh Abdurashid Abdukarimov tomonidan yurtimizda davolanayotgan uch nafar bemorda masofadan turib bajarildi.
© SVVO‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
O‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
O‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
Besh ming kilometr masofadan turib bajarilgan noyob operatsiya jarayonini Xitoy va o‘zbekistonlik ko‘plab yosh mutaxassislar onlayn kuzatib bordi.

Robot jarrohlik — bu inson aqlu zakovati, tibbiyot va raqamli taraqqiyotning o‘zaro uyg‘unligidir. U — shifokorga eng nozik harakatlarni ham yuqori darajada aniqlik bilan bajarishga ko‘maklashib, bemorga kam jarohat yetkazishi hamda qisqa muddatda tiklanish imkonini beradi.
Eng muhimi, endi shifokor va bemor orasidagi masofa - chegara emas. , albatta, bu O‘zbekiston xirurgiyasi tarixida yangi sahifa. Aytish lozimki, bunday robot jarrohlik operatsiyalari dunyoning sanoqli davlatlaridagina o‘tkaziladi.
© SVVO‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
O‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
O‘zbekistonda birinchi robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
Operatsiyani o‘tkazish uchun yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, zamonaviy texnologiyalar hamda yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi. Endi O‘zbekiston ham ana shu ilg‘or mamlakatlar safidan o‘rin oldi.
Yangiliklar lentasi
0