O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatlardan ko‘chib kelishgan — top-5

Obuna bo‘lish
Ko‘chib kelayotganlarning eng katta qismini rossiyaliklar tashkil etadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 721 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan.
Ko‘chib kelganlarning eng katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan — 34,1 foiz. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 19,7 foiz va Tojikiston — 12,2 foiz.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 454 nafar. Bu umumiy ko‘chib kelganlarning qariyb 63 foizini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0