O‘zbekistonda "Humo" va "Uzcard"dan tashqari blokcheyn to‘lov tizimi tayyorlanmoqda

© SputnikV Uzbekistane pomimo HUMO i Uzcard gotovitsya blokcheyn-platejnaya sistema
V Uzbekistane pomimo HUMO i Uzcard gotovitsya blokcheyn-platejnaya sistema - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Loyiha zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ishlaydi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda kriptoaktivlar va raqamli aktivlarni tartibga solish bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda.
Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kriptoaktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Askarjon Zakirov Plus-forum doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, agentlik va Markaziy bank steybl tokenlar asosidagi loyihalarni sinovdan o‘tkazish uchun maxsus huquqiy muhit — “sandbox” tashkil etish bo‘yicha hujjat qabul qilgan.
Shuningdek, mamlakatda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ishlaydigan yangi to‘lov tizimi pilot tarzda tayyorlanmoqda.

Hozir O‘zbekistonda "Humo" va "Uzcard" to‘lov tizimlari faoliyat yuritmoqda. Kelajakda ular qatoriga blokcheyn texnologiyasi asosida ishlaydigan yana bir to‘lov tizimi qo‘shilishi mumkin.

Zakirov, shuningdek, yaqin vaqtlarda tokenlashtirilgan aksiyalar va obligatsiyalar emissiyasini tartibga soluvchi hujjatlar qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Forumda Qozog‘iston tajribasi haqida ham ma’lumot berildi. 1-maydan boshlab Qozog‘istonda raqamli aktivlar bozorini tartibga solish bo‘yicha yangi qonunchilik muhiti kuchga kirdi. Endi sohaning rasmiy regulyatori Qozog‘iston Milliy banki hisoblanadi.
Qozog‘iston Milliy banki vakili Arlen Moldobekovning aytishicha, raqamli aktivlar ikki turga — ta’minlanmagan kriptovalyutalar va raqamli moliyaviy aktivlarga ajratilgan.
Uning ta’kidlashicha, kriptovalyutalarni tartibga solishdan asosiy maqsad bozorni rivojlantirish emas, balki investorlar xavfsizligini ta’minlash va firibgarlik sxemalarining oldini olishdir.
Moneta s logotipom kriptovalyuti bitkoin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Kripto sohasida yangilik: pul bilan ta’minlangan tokenlar chiqarishga ruxsat berildi
Yangiliklar lentasi
0