https://oz.sputniknews.uz/20260518/tashkent-migratsiya-forum-57655726.html
Toshkentda Yevropa va Osiyo ish beruvchilari ishtirokida migratsiya forumi boshlandi
Toshkentda Yevropa va Osiyo ish beruvchilari ishtirokida migratsiya forumi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro migratsiya forumida ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 3,8 mlrd dollarga yetdi. Xorijda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonlik ishlamoqda.
2026-05-18T13:02+0500
2026-05-18T13:02+0500
2026-05-18T15:32+0500
migratsiya agentligi
migrantlar
o‘zbekiston
bmt
pul jo‘natmalari
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57655916_64:0:1216:648_1920x0_80_0_0_ffce579a581263af1d7561616ccfbbdf.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentda Yevropa va Osiyo davlatlaridan ish beruvchilar, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va ekspertlar ishtirokida xalqaro migratsiya forumi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Forumda 300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, migrantlar huquqlarini himoya qilish, yoshlar masalalari va iqlim o‘zgarishining migratsiya jarayonlariga ta’siri muhokama qilinmoqda.Forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Maxl 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan pul o‘tkazmalari 3,8 mlrd dollarga yetganini ma’lum qildi.Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, hozir xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1 milliondan ortiq.
https://oz.sputniknews.uz/20260512/central-asia-iqlim-migrant-57517764.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57655916_208:0:1072:648_1920x0_80_0_0_8c39bd07af4c40d0dec409eafbd56e63.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya agentligi, migrantlar, o‘zbekiston, bmt, pul jo‘natmalari, migratsiya
migratsiya agentligi, migrantlar, o‘zbekiston, bmt, pul jo‘natmalari, migratsiya
Toshkentda Yevropa va Osiyo ish beruvchilari ishtirokida migratsiya forumi boshlandi
13:02 18.05.2026 (yangilandi: 15:32 18.05.2026) Toshkentda boshlangan xalqaro migratsiya forumida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni, pul o‘tkazmalari va migrantlar huquqlari muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentda Yevropa va Osiyo davlatlaridan ish beruvchilar, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va ekspertlar ishtirokida xalqaro migratsiya forumi boshlandi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda 300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, migrantlar huquqlarini himoya qilish, yoshlar masalalari va iqlim o‘zgarishining migratsiya jarayonlariga ta’siri muhokama qilinmoqda.
Forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Maxl 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan pul o‘tkazmalari 3,8 mlrd dollarga yetganini ma’lum qildi.
“2025 yilda O‘zbekistonga kelgan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 19 milliard dollarni tashkil etgan. Joriy yilning birinchi choragida esa bu ko‘rsatkich 3,8 milliard dollarga yetdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sishda davom etmoqda”, — dedi u.
Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, hozir xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1 milliondan ortiq.
“Migratsiya sohasida 76 ta hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolangan bo‘lib, ularning soni kundan-kunga oshib bormoqda. Hozirgi kunda Migratsiya agentligining 40 ta mamlakat bilan hamkorligi mavjud. Biz xalqaro normalar asosida ish olib borish, xorijdagi fuqarolarimizning huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishiga katta e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi Musayev.