https://oz.sputniknews.uz/20260517/katar-xolding-uzbekista-investitsiya-loyihalar-57644125.html
Qatar xoldingi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqmoqda
Qatar xoldingi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Laziz Kudratov Qatarning Thirty Five Investment Holding kompaniyasi rahbari Xolid bin Muhammad Al-Attiya bilan uchrashdi. Tomonlar energetika, logistika, ta’lim, kimyo sanoati va tog‘-konchilik sohalarida yirik loyihalarni muhokama qildi
2026-05-17T16:37+0500
2026-05-17T16:37+0500
2026-05-18T10:12+0500
o‘zbekiston
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
energetika
ta’lim
iqtisod
qatar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/11/57643957_0:133:2561:1573_1920x0_80_0_0_8d408bdec868e3400deb60176410754e.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning "Thirty Five Investment Holding" kompaniyasi asoschisi va boshqaruv raisi doktor Xolid bin Muhammad Al-Attiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi."Thirty Five Investment Holding" Qatarning yirik investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘zini Dohada joylashgan strategik investitsiya guruhi sifatida ta’riflaydi. Uning xalqaro yo‘nalishlari London, Singapur, Gonkong va Istanbul bilan bog‘langan.Qatar tomoniga kelgusida birgalikda ishlab chiqish uchun istiqbolli loyihalar paketi taqdim etildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi.Kompaniya saytida xoldingning asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi, tog‘-konchilik, ko‘chmas mulk va texnologiyalar ko‘rsatilgan.Uchrashuv yakunida Qatar tomoni O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini yuqori baholab, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyorligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260506/qatar-airways-uzbekistan-mutaxassis-jalb-qilish-57345306.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/11/57643957_143:0:2416:1705_1920x0_80_0_0_8072b92c3f23864cfe91923a3e6e6bba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, energetika, ta’lim, iqtisod, qatar
o‘zbekiston, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, energetika, ta’lim, iqtisod, qatar
Qatar xoldingi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqmoqda
16:37 17.05.2026 (yangilandi: 10:12 18.05.2026) O‘zbekiston Qatarning "Thirty Five Investment Holding" kompaniyasiga energetika, logistika, ta’lim, kimyo sanoati va tog‘-konchilik sohalarida loyihalar taklif qildi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning "Thirty Five Investment Holding" kompaniyasi asoschisi va boshqaruv raisi doktor Xolid bin Muhammad Al-Attiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
"Thirty Five Investment Holding" Qatarning yirik investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘zini Dohada joylashgan strategik investitsiya guruhi sifatida ta’riflaydi. Uning xalqaro yo‘nalishlari London, Singapur, Gonkong va Istanbul bilan bog‘langan.
Uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotiga uzoq muddatli kapital jalb qilish, shuningdek, energetika, logistika, ta’lim, kimyo sanoati, geologiya va tog‘-konchilik sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Qatar tomoniga kelgusida birgalikda ishlab chiqish uchun istiqbolli loyihalar paketi taqdim etildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi.
Kompaniya saytida xoldingning asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi, tog‘-konchilik, ko‘chmas mulk va texnologiyalar ko‘rsatilgan.
Uchrashuv yakunida Qatar tomoni O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini yuqori baholab, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyorligini bildirdi.