Ekskavator ichiga yashirilgan qariyb 600 kg narkotik to‘xtatib qolindi

© Press-slujba SGBSGB: Presechena popitka vvoza pochti 600 kg narkotikov iz Afganistana
SGB: Presechena popitka vvoza pochti 600 kg narkotikov iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda Afg‘onistondan kirib kelgan yuk mashinasidagi ekskavator ichidan 593 kg gashish va 3 kg opiy yashirilgani aniqlandi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatida Afg‘onistondan olib kirilgan qariyb 600 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX tezkor bo‘linmalari, Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi “Mersedes” yuk mashinasi “Termiz-avto” chegara bojxona postida tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Yuk mashinasi tirkamasida “Doosan” rusumli ekskavator olib kelinayotgan bo‘lgan. U inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganda, texnikaning ko‘targich qismida shubhali predmetlar borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng ekskavator maxsus texnik vositalar yordamida ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning ichiga yashirilgan 593 kg gashish va 3 kg opiy topilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi va 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda narkotik moddalar egalarini aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Raskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Termiz postida kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kilodan ortiq gashish fosh etildi
Yangiliklar lentasi
0