YeOIIda elektron deklaratsiyalash ulushi 90 foizdan oshdi, bojxona rasmiylashtiruvi esa daqiqalar ichida amalga oshirilmoqda. Ostonadagi forumda sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va tranzit uzluksizligi muhokama qilinadi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida bojxona ma’muriyatchiligi bo‘yicha alohida sessiya o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor avtomatlashtirish, sun’iy intellekt va tranzit jarayonlarining uzluksizligiga qaratiladi.YeOII Bojxona kodeksi 2018-yil 1-yanvardan amal qila boshlaganidan buyon ittifoq mamlakatlari bojxona sohasida qog‘oz deklaratsiyalardan raqamli algoritmlarga o‘tdi. Hozir YeOIIda elektron deklaratsiyalash ulushi 90 foizdan oshgan, yuklarni rasmiylashtirish vaqti esa ko‘p hollarda daqiqalar bilan o‘lchanmoqda.Forum sessiyasida sun’iy intellektni bojxona organlari faoliyatida amaliy qo‘llash, bu yo‘nalishdagi huquqiy va etik masalalar, shuningdek, yangi texnologiyalar joriy etilganda bojxona xodimlarining roli muhokama qilinadi.Mutaxassislar uchun asosiy vazifa — savdo ishtirokchilari uchun ortiqcha burokratik to‘siqlarni kamaytirish, yuklarni rasmiylashtirishni tezlashtirish va tranzit jarayonlarini uzluksiz qilishdan iborat.V Yevroosiyo iqtisodiy forumi 28–29 may kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy mavzusi - “YeOII global raqamli poygada: sun’iy intellektga stavka”.
YeOIIda elektron deklaratsiyalash ulushi 90 foizdan oshdi. Bojxona rasmiylashtiruvi daqiqalar ichida amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida bojxona ma’muriyatchiligi bo‘yicha alohida sessiya o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor avtomatlashtirish, sun’iy intellekt va tranzit jarayonlarining uzluksizligiga qaratiladi.
YeOII Bojxona kodeksi 2018-yil 1-yanvardan amal qila boshlaganidan buyon ittifoq mamlakatlari bojxona sohasida qog‘oz deklaratsiyalardan raqamli algoritmlarga o‘tdi. Hozir YeOIIda elektron deklaratsiyalash ulushi 90 foizdan oshgan, yuklarni rasmiylashtirish vaqti esa ko‘p hollarda daqiqalar bilan o‘lchanmoqda.
Bunga sun’iy intellekt elementlari, katta ma’lumotlarni tahlil qilish, boshqa idoralar bazalari bilan avtomatik solishtirish kabi raqamli vositalar yordam bermoqda. Inspeksiya-ko‘rik majmualari tasvirlarini tahlil qilishda ham “aqlli” tizimlardan foydalanilmoqda.
Forum sessiyasida sun’iy intellektni bojxona organlari faoliyatida amaliy qo‘llash, bu yo‘nalishdagi huquqiy va etik masalalar, shuningdek, yangi texnologiyalar joriy etilganda bojxona xodimlarining roli muhokama qilinadi.
Mutaxassislar uchun asosiy vazifa — savdo ishtirokchilari uchun ortiqcha burokratik to‘siqlarni kamaytirish, yuklarni rasmiylashtirishni tezlashtirish va tranzit jarayonlarini uzluksiz qilishdan iborat.
V Yevroosiyo iqtisodiy forumi 28–29 may kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy mavzusi - “YeOII global raqamli poygada: sun’iy intellektga stavka”.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.