Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi

© Oliy MajlisToshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Obuna bo‘lish
Forumda yosh deputatlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, ekspertlar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar — umumiy taraqqiyot va tinchlik sari!” shiori ostida O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi yosh parlamentariylarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda yoshlar parlament diplomatiyasini rivojlantirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish hamda mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilganidek, bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi mazmun bilan boyimoqda. Ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va ochiq muloqoti natijasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib, amaliy natijalar bermoqda.
© Oliy MajlisToshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Ayniqsa, “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘li, “Qambarota–1” gidroelektr stansiyasi kabi yirik infratuzilmaviy loyihalar mintaqada o‘zaro ishonch va iqtisodiy integratsiyaning muhim omiliga aylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya qilinishi Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.
© Oliy MajlisToshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Forumda O‘zbekiston Yoshlar parlamenti va Qirg‘iz Respublikasi Yoshlar kengashi orasida o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.
Qirg‘izistonlik yosh parlamentariylar “IT Park”, “Kreativ Park” va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, innovatsion muhit va boy ma’naviy meros bilan tanishdilar.

Ishtirokchilari nima deydi

O‘zbekiston Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov:

Biz bugun bir fikrni baralla tasdiqladik: O‘zbekiston va Qirg‘iziston do‘stligi faqat bugungi kun siyosati emas, balki kelajak avlodlar oldidagi umumiy mas’uliyatdir. Bu mas’uliyatni biz, yosh parlamentariylar va yangi avlod yetakchilari munosib davom ettirishimiz kerak.

Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi deputati Tabildi Muratbekov:

Forum doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi, “IT Park” bilan yaqindan tanishdik. Islom sivilizatsiyasi markazida tarix, ma’naviyat va zamonaviy yondashuv uyg‘unlashgani menda juda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, buyuk allomalar merosini zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etish usuli meni hayratga soldi. Shuningdek, “IT Park” faoliyati bilan yaqindan tanishganimiz ham katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash tizimi O‘zbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida juda katta qadam tashlayotganini ko‘rsatadi.

© Oliy MajlisToshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz yosh parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0