https://oz.sputniknews.uz/20260513/xantavirus-tarqalish-atabekov-57526747.html
O‘zbekistonda xantavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi — Nurmat Atabekov
O‘zbekistonda xantavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi — Nurmat Atabekov
Sputnik O‘zbekiston
Xantavirus asosan kemiruvchilar orasida uchraydigan virusli infeksiya hisoblanadi. U insonga ko‘proq zararlangan chang, oziq-ovqat mahsulotlari yoki kemiruvchilarning peshobi, axlati va so‘lagi orqali yuqishi mumkin. Kasallik odatda tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak va qorin sohasida og‘riq bilan kechishi mumkin.
2026-05-13T11:39+0500
2026-05-13T11:39+0500
2026-05-13T11:39+0500
virus
kasallik
vaksina
jsst
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/37/14133712_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_09c3534d4c7991293250e31eed4c9a0a.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda xantavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, kasallanish holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.Uning aytishicha, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, xantavirus koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas va global pandemiyaga sabab bo‘lmaydi.Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, virusning ba’zi turlari asosan Argentina, Chili va Braziliya kabi Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatiladi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida esa u nisbatan kam uchraydi.Kasallik odatda tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak va qorin sohasida og‘riq bilan kechishi mumkin. Og‘ir holatlarda buyrak yetishmovchiligi hamda yurak-qon tomir va nafas olish tizimi bilan bog‘liq asoratlar kuzatiladi.Atabekovning qayd etishicha, hozircha xantavirusga qarshi maxsus vaksina yoki alohida davolash protokoli mavjud emas. Davolash asosan simptomlarga qarab olib boriladi.Mutaxassis aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz saqlash, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish hamda omborxona va yopiq xonalarni muntazam shamollatib turishni tavsiya qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260417/tsikada-shtammi-ozbekiston-uchun-qanchalik-xavfli--56948165.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/37/14133712_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9b09837c4632ad24824c29c207448bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
virus, kasallik, vaksina, jsst, jamiyat, o‘zbekiston
virus, kasallik, vaksina, jsst, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda xantavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi — Nurmat Atabekov
Nurmat Atabekov O‘zbekistonda xantavirus holatlari qayd etilmagani va infeksiya koronavirusdek tez tarqalmasligini aytdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda xantavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, kasallanish holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov
ma’lum qildi.
Uning aytishicha, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, xantavirus koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas va global pandemiyaga sabab bo‘lmaydi.
Atabekov ta’kidlashicha, xantavirus asosan kemiruvchilar orasida uchraydigan virusli infeksiya hisoblanadi. U insonga ko‘proq zararlangan chang, oziq-ovqat mahsulotlari yoki kemiruvchilarning peshobi, axlati va so‘lagi orqali yuqishi mumkin.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, virusning ba’zi turlari asosan Argentina, Chili va Braziliya kabi Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatiladi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida esa u nisbatan kam uchraydi.
Kasallik odatda tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak va qorin sohasida og‘riq bilan kechishi mumkin. Og‘ir holatlarda buyrak yetishmovchiligi hamda yurak-qon tomir va nafas olish tizimi bilan bog‘liq asoratlar kuzatiladi.
Atabekovning qayd etishicha, hozircha xantavirusga qarshi maxsus vaksina yoki alohida davolash protokoli mavjud emas. Davolash asosan simptomlarga qarab olib boriladi.
Shu bilan birga, mamlakatda virusologik monitoring muntazam davom ettirilmoqda. Bugungi kunda chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish maqsadida 53 ta chegara punktida doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Mutaxassis aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz saqlash, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish hamda omborxona va yopiq xonalarni muntazam shamollatib turishni tavsiya qildi.