https://oz.sputniknews.uz/20260513/uzbekistan-magistral-gaz-quvurlar-ishlatilish-57547636.html
O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod ishlatilmoqda
O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod ishlatilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod ekspluatatsiya qilinmoqda. Uskunalarning eskirishi nosozlik va avariyalar xavfini oshirayotgani aytildi.
2026-05-13T16:46+0500
2026-05-13T16:46+0500
2026-05-13T16:46+0500
o‘zbekiston
jamiyat
gaz quvuri
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/184/45/1844524_0:102:3083:1836_1920x0_80_0_0_d176fe51658a4e447b5df8b4a01c7d76.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod vaqt davomida ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va metodologiya departamenti boshlig‘i Maxamat Saydazimov ma’lum qildi, , deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Saydazimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston gaz-transport infratuzilmasining ishonchliligini ta’minlashdagi eng jiddiy muammolardan biri quvur tizimlarining jismoniy va ma’naviy eskirish darajasi yuqoriligidir.Uning qayd etishicha, davlat nazorati ostidagi gaz transport tizimi misolida magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, bosim ostida ishlovchi idishlar va texnologik uskunalarning katta qismi 30-yildan ortiq vaqtdan beri ekspluatatsiya qilinmoqda.Saydazimovning so‘zlariga ko‘ra, gaz transport tizimidagi kompressor stansiyalaridagi gaz haydovchi agregatlar bo‘yicha ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.Shu bilan birga, magistral gaz quvurlarining 46 foizi zamonaviy quvur ichi diagnostika texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas.Saydazimovning ta’kidlashicha, ko‘p yillar oldin quvurlarni loyihalashda quvur ichi diagnostikasining zamonaviy talablari hisobga olinmagan. Ya’ni quvurlar ichida tozalash va diagnostika qurilmalarini ishga tushirish imkoniyati ko‘zda tutilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260503/gaz-qazib-olish-import-57294332.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/184/45/1844524_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_ebc1c37665514bbe26371b4272ea219e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, gaz quvuri, xavfsizlik
o‘zbekiston, jamiyat, gaz quvuri, xavfsizlik
O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod ishlatilmoqda
Mutaxassislar bunday holat avariyalar xavfini oshirishini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod vaqt davomida ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va metodologiya departamenti boshlig‘i Maxamat Saydazimov ma’lum qildi, , deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Saydazimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston gaz-transport infratuzilmasining ishonchliligini ta’minlashdagi eng jiddiy muammolardan biri quvur tizimlarining jismoniy va ma’naviy eskirish darajasi yuqoriligidir.
“O‘zbekistondagi asosiy muammolardan biri meyoriy xizmat muddatidan ortiq foydalanilayotgan uskunalar ulushining yuqoriligidir”, — dedi Saydazimov.
Uning qayd etishicha, davlat nazorati ostidagi gaz transport tizimi misolida magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, bosim ostida ishlovchi idishlar va texnologik uskunalarning katta qismi 30-yildan ortiq vaqtdan beri ekspluatatsiya qilinmoqda.
“Magistral gaz quvurlarining 60 foizdan ortig‘i 30-yildan ziyod vaqt davomida ishlatilmoqda. Taxminan 27 foizi 15-yildan 30-yilgacha bo‘lgan muddatda ekspluatatsiya qilingan bo‘lsa, atigi 8 foizining xizmat muddati 15-yildan kam”, — dedi u.
Saydazimovning so‘zlariga ko‘ra, gaz transport tizimidagi kompressor stansiyalaridagi gaz haydovchi agregatlar bo‘yicha ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.
“Bunday sharoitda uskunalarning korroziyaga uchrashi, metall degradatsiyasi, charchash xususiyatiga ega nuqsonlar paydo bo‘lishi, shuningdek, nosozlik va avariyalar ehtimoli sezilarli darajada ortadi”, — dedi qo‘mita vakili.
Shu bilan birga, magistral gaz quvurlarining 46 foizi zamonaviy quvur ichi diagnostika texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Saydazimovning ta’kidlashicha, ko‘p yillar oldin quvurlarni loyihalashda quvur ichi diagnostikasining zamonaviy talablari hisobga olinmagan. Ya’ni quvurlar ichida tozalash va diagnostika qurilmalarini ishga tushirish imkoniyati ko‘zda tutilmagan.
“Masalan, magistral gaz quvurlaridagi beshta avariyaning to‘rttasi quvur ichi diagnostikasini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan hududlarda sodir bo‘lgan”, — dedi u.