https://oz.sputniknews.uz/20260513/gazi-tugab-borayotgan-konlarda-kompressorlar-orqali-qazib-olish-darajasi-saqlab-qolinmoqda-57541137.html
Gazi tugab borayotgan konlarda qazib olish darajasi kompressorlar yordamida saqlanmoqda
Gazi tugab borayotgan konlarda qazib olish darajasi kompressorlar yordamida saqlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Gazi tugab borayotgan konlarda kompressor stansiyalar orqali qazib olish saqlab qolinmoqda. O‘zbekistonda gaz sanoatida modernizatsiya va raqamlashtirish davom etmoqda.
2026-05-13T14:48+0500
2026-05-13T14:48+0500
2026-05-13T17:26+0500
o‘zbekneftgaz
gaz
o‘zbekiston
buxoro
raqamli texnologiyalar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57540533_0:120:2730:1656_1920x0_80_0_0_7a9c8982aa905678f3b2e24ef4a12d14.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonning zaxirasi tugab borayotgan konlarida ishlayotgan korxonalarida siqish kompressor stansiyalari qo‘llanilib kelinmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sarvar Rahimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, bosim keskin pasaygan uchastkalarda quduqlarning o‘zida quduq og‘zi kompressorlari qo‘llanilmoqda.Respublika bo‘yicha gaz qazib olish tarkibida "O‘zbekneftgaz" ulushi taxminan 60 foizni, xorijiy qo‘shma korxonalar ulushi esa 40 foizni tashkil etadi.O‘zbekiston hududida uglevodorodlar beshta neft-gazli mintaqada qazib olinadi, ular orasida Buxoro-Xiva mintaqasi asosiy ulushga ega.Rahimov ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilganini bildirdi.Uning ta’kidlashicha, "O‘zbekneftgaz" va O‘zLITIneftgaz konlarni raqamlashtirish bo‘yicha E-KON platformasini joriy etgan. U kon infratuzilmasi va qazib olish tizimlarini yagona raqamli muhitda birlashtiradi.Uning kayd etishicha, tizim tugab qolgan konlarda ayniqsa samarali bo‘lib, qazib olishning tabiiy pasayishini yumshatish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260512/ozbekneftgaz-yangi-quduq-qazish-orniga-mavjud-quduqlarni-chuqurlashtirmoqda-57510270.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57540533_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_ade8039faf9eddea28430acdcb7dd400.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekneftgaz, gaz, o‘zbekiston, buxoro, raqamli texnologiyalar, jamiyat
o‘zbekneftgaz, gaz, o‘zbekiston, buxoro, raqamli texnologiyalar, jamiyat
Gazi tugab borayotgan konlarda qazib olish darajasi kompressorlar yordamida saqlanmoqda
14:48 13.05.2026 (yangilandi: 17:26 13.05.2026) O‘zbekistonda tabiiy zaxiralari kamaygan gaz konlarida qazib olishni saqlab qolish uchun kompressorlar, raqamli platforma va yangi texnologiyalar joriy etilmoqda.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonning zaxirasi tugab borayotgan konlarida ishlayotgan korxonalarida siqish kompressor stansiyalari qo‘llanilib kelinmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sarvar Rahimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bosim keskin pasaygan uchastkalarda quduqlarning o‘zida quduq og‘zi kompressorlari qo‘llanilmoqda.
"Qatlam bosimi tez pasaygan joylarda biz quduqlarning o‘zida quduq og‘zi kompressorlarini qo‘llaymiz. Ular hisobiga bugungi kunda qazib olish darajasini saqlab turibmiz", - dedi u.
Respublika bo‘yicha gaz qazib olish tarkibida "O‘zbekneftgaz" ulushi taxminan 60 foizni, xorijiy qo‘shma korxonalar ulushi esa 40 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston hududida uglevodorodlar beshta neft-gazli mintaqada qazib olinadi, ular orasida Buxoro-Xiva mintaqasi asosiy ulushga ega.
"Shuningdek, Usturt mintaqasi, Surg‘il resurs bazasini yanada ko‘paytirishning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilishini ta’kidlash zarur", - deya qo‘shimcha qildi u.
Rahimov ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilganini bildirdi.
"Gaz bera olish koeffitsiyentini oshirish, tugagan konlarda qazib olishning pasayish sur’atlarini kamaytirish, shuningdek, ularning rentabelli ekspluatatsiyasini uzaytirishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda", - dedi u.
Uning ta’kidlashicha, "O‘zbekneftgaz" va O‘zLITIneftgaz konlarni raqamlashtirish bo‘yicha E-KON platformasini joriy etgan. U kon infratuzilmasi va qazib olish tizimlarini yagona raqamli muhitda birlashtiradi.
"Loyiha doirasida "O‘zbekneftgaz" kompaniyasining ishlab chiqarish obyektlari, jumladan, qazib olish quduqlari, gaz yig‘ish punktlari va gazni tayyorlash qurilmalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish amalga oshirildi", - dedi Rahimov.
Uning kayd etishicha, tizim tugab qolgan konlarda ayniqsa samarali bo‘lib, qazib olishning tabiiy pasayishini yumshatish imkonini beradi.