https://oz.sputniknews.uz/20260513/aes-atomchilar-shaharcha-qurilish-57534728.html
AES atomchilar shaharchasi: 30 ming aholi, bog‘cha, maktab va ijtimoiy obyektlar quriladi
AES atomchilar shaharchasi: 30 ming aholi, bog‘cha, maktab va ijtimoiy obyektlar quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Atomchilar monoshaharida 30 mingga yaqin aholi uchun turar-joy va 100 dan ortiq ijtimoiy obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida maktablar, shifoxonalar va infratuzilma barpo etiladi.
2026-05-13T12:12+0500
2026-05-13T12:12+0500
2026-05-13T12:12+0500
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
qurilish
o‘zbekiston
jizzax
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57534123_0:512:2730:2048_1920x0_80_0_0_d973a545ab53322d0cff255965d36398.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Atomchilar monoshahrida 30 mingga yaqin aholi yashashi rejalashtirilgan bo‘lib, hududda 100 tadan ortiq turar-joy va ijtimoiy obyekt qurilishi ko‘zda tutilgan.Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Energetika forumida AES qurilishi direksiyasi bo‘limi boshlig‘i Aleksandra Xidirnazarova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Xidirnazarovaning aytishicha, monoshaharda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, tibbiyot markazlari, umumiy ovqatlanish nuqtalari, bog‘lar, madaniyat markazlari va savdo majmualari barpo etiladi.Xidirnazarova ta’kidlashicha, atom energetikasiga investitsiya kiritish katta iqtisodiy samara beradi.Shuningdek, loyiha doirasida yo‘llar, temir yo‘llar, suv quvurlari va energetika tizimlarini yaxshilash rejalashtirilgan.AES qurilishiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham jalb qilish ko‘zda tutilgan. Jumladan, kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va metall prokati ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi.Loyiha doirasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston AESi yillik 15,2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu mamlakat umumiy elektr ta’minotining 13–15 foizini tashkil etishi kutilmoqda.Qurilish davrida 12 mingga yaqin ishchi jalb etiladi, stansiya ishga tushgach esa 2 mingga yaqin doimiy xodim faoliyat yuritadi.Hozirda loyihaning atrof-muhitga ta’siri milliy ekologik ekspertiza doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, baholash jarayonlariga xalqaro ekspertlar ham jalb etilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbekistan-aes-ekologiya-ekspertiza-57384119.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57534123_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_47a5a105597e1348a5cfcb71a45f2e23.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, qurilish, o‘zbekiston, jizzax, jamiyat
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, qurilish, o‘zbekiston, jizzax, jamiyat
AES atomchilar shaharchasi: 30 ming aholi, bog‘cha, maktab va ijtimoiy obyektlar quriladi
Atomchilar monoshahrida 30 ming aholi uchun maktablar, tibbiyot markazlari, bolalar bog‘chalari, savdo majmualari va boshqa ijtimoiy obyektlar qurilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Atomchilar monoshahrida 30 mingga yaqin aholi yashashi rejalashtirilgan bo‘lib, hududda 100 tadan ortiq turar-joy va ijtimoiy obyekt qurilishi ko‘zda tutilgan.
Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Energetika forumida AES qurilishi direksiyasi bo‘limi boshlig‘i Aleksandra Xidirnazarova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Xidirnazarovaning aytishicha, monoshaharda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, tibbiyot markazlari, umumiy ovqatlanish nuqtalari, bog‘lar, madaniyat markazlari va savdo majmualari barpo etiladi.
“Monoshahar va AES o‘rtasidagi masofa 16 km ni tashkil etadi. Monoshaharning umumiy maydoni 100 gektar,” — dedi u.
Xidirnazarova ta’kidlashicha, atom energetikasiga investitsiya kiritish katta iqtisodiy samara beradi.
“Atom sanoatiga bir dollar jalb qilish multiplikativ samara beradi — stansiya joylashgan hududda obyektlar qurilishi va soliqlar ko‘rinishida taxminan yetti dollar qaytariladi,” — dedi u.
Shuningdek, loyiha doirasida yo‘llar, temir yo‘llar, suv quvurlari va energetika tizimlarini yaxshilash rejalashtirilgan.
“Infratuzilma obyektlari: yo‘llar, temir yo‘llar, suv quvurlari, energiya tizimlarini yaxshilash rejalashtirilgan. Bularning barchasi hozircha rejalarda, ammo amalga oshirilishi mumkin,” — dedi u.
AES qurilishiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham jalb qilish ko‘zda tutilgan. Jumladan, kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va metall prokati ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi.
Loyiha doirasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Bular nafaqat fizik-yadrochilar, balki kimogarlar, quruvchilar va boshqa mutaxassislik egalari. Qurilish va keyingi ekspluatatsiya uchun mahalliy kadrlarni tayyorlash rejalashtirilgan,” — dedi Xidirnazarova.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston AESi yillik 15,2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu mamlakat umumiy elektr ta’minotining 13–15 foizini tashkil etishi kutilmoqda.
Qurilish davrida 12 mingga yaqin ishchi jalb etiladi, stansiya ishga tushgach esa 2 mingga yaqin doimiy xodim faoliyat yuritadi.
Hozirda loyihaning atrof-muhitga ta’siri milliy ekologik ekspertiza doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, baholash jarayonlariga xalqaro ekspertlar ham jalb etilishi kutilmoqda.