O‘zbekiston energetikasiga 19 mlrd dollar xususiy investitsiya jalb qilindi

© SputnikV energetiku Uzbekistana privlecheno 19 mlrd dollarov chastnix investitsiy
V energetiku Uzbekistana privlecheno 19 mlrd dollarov chastnix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
Obuna bo‘lish
So‘nggi besh yilda O‘zbekiston energetikasiga 19 mlrd dollardan ortiq xususiy investitsiya jalb qilinib, 17 GVt dan ziyod yangi quvvatlar ishga tushirildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda energetika sohasiga 19 mlrd dollardan ortiq xususiy investitsiya jalb qilindi. Bu haqda Xalqaro energetika forumida Energetika vazirligi Loyiha ofisi direktori Fazliddin Sharafiddinov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu investitsiyalar hisobiga mamlakatda 17 GVt dan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish hajmi 2022-yilga nisbatan joriy yilda 25 barobarga oshib, 14 mlrd kVt/soatga yetishi kutilmoqda.
Sharafiddinovning aytishicha, bugungi kunga qadar quyidagi loyihalar amalga oshirilgan:
4 GVt quyosh quvvatlari;
1,7 GVt shamol quvvatlari;
5 GVt dan ortiq energiya saqlash quvvatlari.
“Bu natijalarga erishish uchun 11 milliard dollar investitsiya jalb qildik. Bu quvvatlar bizga qayta tiklanadigan manbalardan taxminan 19 milliard kVt/soat ishlab chiqarish imkonini beradi”, — dedi u.
Sharafiddinovga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilgacha energetikani rivojlantirish maqsadining taxminan 25 foiziga erishgan. Qolgan 75 foizini amalga oshirish vazifasi turibdi.
U gaz generatsiyasi mamlakat energetika tizimida asosiy o‘rinni saqlab qolishini ta’kidladi. Biroq uning samaradorligi oshiriladi.
“Elektr energiyasi ishlab chiqarish 2030-yilga borib taqqoslanadigan darajada qoladi, ammo gazning solishtirma va umumiy iste’moli sezilarli darajada — taxminan 85 foizga kamayadi”, — dedi u.
Vazirlik vakili 2017-yildan boshlab O‘zbekiston bug‘-gaz qurilmalariga keng ko‘lamli o‘tishni boshlaganini ham qayd etdi. So‘nggi yetti yilda qariyb 8 GVt yangi bug‘-gaz quvvatlari ishga tushirilgan.
Uning ma’lum qilishicha, 2030-yilgacha O‘zbekiston:
11 GVt shamol;
9 GVt quyosh;
4,5 GVt dan ortiq energiya saqlash tizimlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Bu qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish ulushini 54 foizgacha oshirish imkonini beradi. 2035-yilga borib esa qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 60 foizdan oshishi mumkin
Na Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish hajmi 43% oshdi
Yangiliklar lentasi
0