https://oz.sputniknews.uz/20260512/paxta-bugdoy-etishtiruvchi-xarajat-kredit-qoplanish-57502340.html
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga dizel xarajati va kredit foizi qoplab beriladi
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga dizel xarajati va kredit foizi qoplab beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoniga ko‘ra, paxta va bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi hamda birja orqali xarid qilingan dizel xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
2026-05-12T10:52+0500
2026-05-12T10:52+0500
2026-05-12T11:04+0500
fermerlar
o‘zbekiston
kredit
iqtisod
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/76/23/762392_0:453:2034:1597_1920x0_80_0_0_f97b3a742022f11310ef0c27b9990dbf.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab paxta va bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.Jumladan, paxta xomashosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti qoplab beriladi.Shuningdek, bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 1-avgustga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovining 4 foizlik punkti qoplab beriladi.Farmonda dizel yoqilg‘isi xarajatlarini qisman qoplash ham nazarda tutilgan. 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel qiymatining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.Bundan tashqari, paxta xomashosini xarid qiluvchi paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan ayrim tijorat kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi ham kompensatsiya qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251104/oziq-ovqat-tadbirkor-imtiyozlar-qonun-53214157.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/76/23/762392_0:262:2034:1788_1920x0_80_0_0_978441ddcc83aa91bc007bcb599579de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fermerlar, o‘zbekiston, kredit, iqtisod, paxta
fermerlar, o‘zbekiston, kredit, iqtisod, paxta
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga dizel xarajati va kredit foizi qoplab beriladi
10:52 12.05.2026 (yangilandi: 11:04 12.05.2026) 2026 yil hosilidan boshlab paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga kredit foizi hamda dizel yoqilg‘isi xarajatining bir qismi qoplab beriladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.
Prezidentning tegishli
farmoniga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab paxta va bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Jumladan, paxta xomashosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti qoplab beriladi.
Kredit hosil yili yakunigacha qaytarilsa, foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek, bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 1-avgustga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovining 4 foizlik punkti qoplab beriladi.
Farmonda dizel yoqilg‘isi xarajatlarini qisman qoplash ham nazarda tutilgan. 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel qiymatining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, paxta xomashosini xarid qiluvchi paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan ayrim tijorat kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi ham kompensatsiya qilinadi.