“O‘zbekneftgaz” yangi quduq qazish o‘rniga mavjud quduqlarni chuqurlashtirmoqda

© telegram sputnikuzbekistanPochti po vsem mestorojdeniyam Uzbekistana sozdani geologo-gidrodinamicheskie modeli
Pochti po vsem mestorojdeniyam Uzbekistana sozdani geologo-gidrodinamicheskie modeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” yangi quduq qazish o‘rniga mavjud quduqlarni chuqurlashtirish, raqamli monitoring va 3D texnologiyalar orqali xarajatlarni kamaytirmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” yangi quduq qazish o‘rniga mavjud quduqlarni chuqurlashtirish hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy samaraga erishdi. Bu haqda Xalqaro energetika forumida kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari, geologiya yo‘nalishi rahbari Nodir Muxutdinov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Ekspluatatsion quduqlarni burg‘ulashdagi geologik xatarlar darajasi 40–45 foizdan 10–15 foizgacha kamaytirildi”, — dedi Muxutdinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJda 1400 tadan ortiq quduq real vaqt rejimida raqamli monitoring qilinmoqda.
Uning ta’kidlashicha, “Geoplan” tizimi orqali har 5 daqiqada 800–900 ta ma’lumot olinib, konlardagi vaziyatga tezkor javob qaytarish imkoni yaratilgan.
Bu usul quduqlar to‘xtab qolishini 40 foizgacha qisqartirish, gaz qazib chiqarish barqarorligini ta’minlash va xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.
Muxutdinov O‘zbekistondagi deyarli barcha konlar bo‘yicha geologik-gidrodinamik modellar yaratilganini ham ma’lum qildi.
“Bu modellar konni o‘zlashtirish jarayonini boshidan oxirigacha tahlil qilish, uglevodorod oqimlarini hisobga olish va turli ssenariylarni baholash imkonini bermoqda”, — dedi u.
Shuningdek, joriy yilda zamonaviy 3D seysmik dala komplekslarini xarid qilish loyihasi ishga tushirilishi aytildi.
“Bugun biz bilan “Shlyumberje” kabi yirik xalqaro kompaniyalar hamkorlik qilmoqda. Xususan, 3D texnologiyalar, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy raqamli yechimlar geologiya sohasiga faol joriy etilyapti”, — dedi Muxutdinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Shlyumberje” bilan hamkorlikda seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini rivojlantirish ham rejalashtirilgan.
Novoe gazovoe mestorojdenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
O‘zbekiston hududlarida 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz olindi
Yangiliklar lentasi
0