https://oz.sputniknews.uz/20260512/davlat-xizmatlar-byurokratiya-qisqartirish-57514361.html
Davlat xizmatlarida burokratiyani qisqartirish iqtisodiyotga 13 $ mlrd o‘sish berishi mumkin
Davlat xizmatlarida burokratiyani qisqartirish iqtisodiyotga 13 $ mlrd o‘sish berishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonni 2030-yilgacha “ortiqcha burokratiyadan xoli hudud”ga aylantirish maqsadida 783 ta davlat xizmatiga “nol burokratiya” tamoyilini joriy etish taklif qilindi.
2026-05-12T17:15+0500
2026-05-12T17:15+0500
2026-05-12T17:15+0500
o‘zbekiston
jamiyat
tadbirkor
raqamli texnologiyalar
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57513826_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_d448d74eebbe81d7444c5599bdcccccd.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida burokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bugungi kunda davlat organlarida:O‘zbekistonni 2030-yilga qadar “ortiqcha burokratiyadan xoli hudud”ga aylantirish maqsadida BAA bilan hamkorlikda “Burokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi boshlangan.Dastur doirasida:Taqdimotda davlat xizmatlarini “servis davlat” modeli asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor xizmatlarni ortiqcha hujjat talab qilmasdan, tez, shaffof va qulay ko‘rsatishga qaratiladi.Xususan, 783 ta davlat xizmatiga “nol burokratiya” tamoyilini joriy etish taklif qilindi.Bu orqali:Yana 80 turdagi xizmatni ko‘rsatish muddati 2–3 karra qisqartirilib, o‘rtacha muddat 13 kundan 6 kunga tushiriladi. 10 ta xizmat to‘liq avtomatlashtiriladi.25 ta xizmat bo‘yicha to‘lovlar kamaytirilishi natijasida aholi ixtiyorida yiliga 851 mlrd so‘mgacha mablag‘ qolishi kutilmoqda.Shuningdek:Buning natijasida 270 tadan ortiq xizmatda ushbu ma’lumot va hujjatlarni qayta so‘rash amaliyoti bekor qilinadi.Taqdimotda majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Masalan, bozorlar faoliyatiga doir 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ziyod talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish mumkinligi qayd etildi.Sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi va ko‘rikdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali shakllantirish imkoniyati ham ko‘rsatib o‘tildi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, burokratiyani qisqartirish:Umumiy hisobda ushbu choralar 2026–2030 yillarda iqtisodiyotni qo‘shimcha 13 milliard dollarga o‘stirish imkonini berishi ta’kidlandi.Taqdimotda reestr.gov.uz yagona platformasi orqali davlat funksiyalari, majburiy talablar va davlat xizmatlari reyestrlarini yuritish, idoralar faoliyatini “Bureaucracy radar” asosida baholash, sun’iy intellekt orqali tahlil qilish va “Biznes kalkulyator” tizimini joriy etish taklif qilindi.Mutasaddilarga burokratiyani bartaraf etish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260507/propiska-yangi-qoidalar-57379242.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57513826_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_0fc3bfbe7066f9a063b621c845c70a69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, tadbirkor, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston, jamiyat, tadbirkor, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev
Davlat xizmatlarida burokratiyani qisqartirish iqtisodiyotga 13 $ mlrd o‘sish berishi mumkin
Prezidentga davlat xizmatlarini tez, shaffof va qulay ko‘rsatish, ortiqcha hujjat talabini kamaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida burokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Bugungi kunda davlat organlarida:
biznesni tartibga soluvchi 42 mingdan ziyod majburiy talab;
1 ming 41 ta davlat xizmati mavjud.
O‘zbekistonni 2030-yilga qadar “ortiqcha burokratiyadan xoli hudud”ga aylantirish maqsadida BAA bilan hamkorlikda “Burokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi boshlangan.
davlat organlari funksiyalarini 30 foizga qisqartirish;
biznesga qo‘yiladigan talablarni 20 foizgacha maqbullashtirish;
elektron davlat xizmatlari ulushini 90 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.
Taqdimotda davlat xizmatlarini “servis davlat” modeli asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor xizmatlarni ortiqcha hujjat talab qilmasdan, tez, shaffof va qulay ko‘rsatishga qaratiladi.
Xususan, 783 ta davlat xizmatiga “nol burokratiya” tamoyilini joriy etish taklif qilindi.
550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga o‘tkaziladi;
xizmat ko‘rsatish bosqichlari 2 karra qisqaradi;
80 turdagi xizmat proaktiv va kompozit shaklga o‘tkaziladi;
aholining idoralarga borish uchun sarflaydigan transport xarajati yiliga 35 mlrd so‘mgacha tejaladi.
Yana 80 turdagi xizmatni ko‘rsatish muddati 2–3 karra qisqartirilib, o‘rtacha muddat 13 kundan 6 kunga tushiriladi. 10 ta xizmat to‘liq avtomatlashtiriladi.
25 ta xizmat bo‘yicha to‘lovlar kamaytirilishi natijasida aholi ixtiyorida yiliga 851 mlrd so‘mgacha mablag‘ qolishi kutilmoqda.
10 ta xizmatni xususiy sektorga o‘tkazish;
15 ta ma’lumot va hujjatni raqamlashtirish belgilanmoqda.
Buning natijasida 270 tadan ortiq xizmatda ushbu ma’lumot va hujjatlarni qayta so‘rash amaliyoti bekor qilinadi.
Taqdimotda majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Masalan, bozorlar faoliyatiga doir 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ziyod talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish mumkinligi qayd etildi.
Sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi va ko‘rikdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali shakllantirish imkoniyati ham ko‘rsatib o‘tildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, burokratiyani qisqartirish:
iqtisodiyotga yiliga 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri samara beradi;
qo‘shimcha 800 mln dollar xorijiy investitsiya jalb etishga xizmat qiladi;
mehnat unumdorligini yiliga 750 mln dollarga oshiradi.
Umumiy hisobda ushbu choralar 2026–2030 yillarda iqtisodiyotni qo‘shimcha 13 milliard dollarga o‘stirish imkonini berishi ta’kidlandi.
Taqdimotda reestr.gov.uz yagona platformasi orqali davlat funksiyalari, majburiy talablar va davlat xizmatlari reyestrlarini yuritish, idoralar faoliyatini “Bureaucracy radar” asosida baholash, sun’iy intellekt orqali tahlil qilish va “Biznes kalkulyator” tizimini joriy etish taklif qilindi.
Mutasaddilarga burokratiyani bartaraf etish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.