Endi MIB ayrim qarzlarni pensiya, ish haqi va bank hisobvaraqlaridan undirishi mumkin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2026
Obuna bo‘lish
Endilikda ayrim ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pullariga, ayrim holatlarda esa ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlariga qaratilishi mumkin.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ayrim qarzdorliklar endi soddalashtirilgan tartibda qarzdorning ish haqi, pensiya va stipendilari yoki bank hisobvaraqlaridan undirilishi mumkin. Bu “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda belgilandi.
Unga ko‘ra, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi:
pochta va videokonferensaloqa xarajatlari;
kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik;
ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik;
BHMning 5 baravaridan (2 060 000 sumdan) ko‘p bo‘lmagan summalarni undirishga ham tatbiq etiladi.
Qonunda davlat ijrochisi bunday tartibda, jumladan, undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratishi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (1 271 000 so‘m)dan ko‘p bo‘lmagan summalar bo‘yicha undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa daromadlariga qaratish mumkin.
Ayni paytda, qo‘shimchalarga muvofiq, mazkur majburiy ijro choralari videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlariga oid ayrim ijro hujjatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet protokol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Soliq va kredit qarzlarini undirishda SI qo‘llanadi, ijrodagi mol-mulkni sotish osonlashadi
Yangiliklar lentasi
0