https://oz.sputniknews.uz/20260413/uzbekistan-oliy-talim-tizim-takomillashtirilish-56875928.html
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi takomillashtiriladi: 10 ta universitet maqomi o‘zgaradi
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi takomillashtiriladi: 10 ta universitet maqomi o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
U 10 dasturi joriy etiladi. 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Shuningdek, 2027-yildan reyting asosida rag‘batlantirish, “Study in Uzbekistan” va “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
2026-04-13T11:52+0500
2026-04-13T11:52+0500
2026-04-13T14:19+0500
otm
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_8b5505206a1256a341698905dd80b6cb.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturi joriy etiladi. Uning doirasida tanlovda g‘olib bo‘lgan 10 ta oliy ta’lim tashkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan oliy ta’lim muassasalarini milliy reyting natijalari asosida moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir toifadagi OTMlarning 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi.Shuningdek, davlat granti asosida o‘qiydigan bir nafar talabani o‘qitish xarajatlarini hisoblashda bir qator mezonlar inobatga olinadi.Farmon bilan Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi, shuningdek Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi ham ish boshlaydi.Bundan tashqari, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarosiga grant ajratishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi. 2026/2027 o‘quv yilidan xorijiy talabalarni “Study in Uzbekistan” platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.Shu bilan birga, ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar keyingi bosqichga hujjat topshirishda til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260406/oliy-talim-yangi-nizom-56733081.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_e027c50522f9574950b0a5efaa2b8367.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
u 10, milliy tadqiqot universiteti, oliy ta’lim, reyting, moliyaviy rag‘batlantirish, study in uzbekistan, yangi o‘zbekiston stipendiyasi, xorijiy talabalar, innovatsiya, sun’iy intellekt
u 10, milliy tadqiqot universiteti, oliy ta’lim, reyting, moliyaviy rag‘batlantirish, study in uzbekistan, yangi o‘zbekiston stipendiyasi, xorijiy talabalar, innovatsiya, sun’iy intellekt
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi takomillashtiriladi: 10 ta universitet maqomi o‘zgaradi
11:52 13.04.2026 (yangilandi: 14:19 13.04.2026) Yangi tartib universitetlarni reyting va ilmiy samaradorlik asosida rag‘batlantirish, iqtidorli xorijlik talabalarni esa grant va yangi qabul mexanizmlari orqali jalb etishni ko‘zlaydi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturi
joriy etiladi. Uning doirasida tanlovda g‘olib bo‘lgan 10 ta oliy ta’lim tashkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan oliy ta’lim muassasalarini milliy reyting natijalari asosida moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir toifadagi OTMlarning 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi.
Shuningdek, davlat granti asosida o‘qiydigan bir nafar talabani o‘qitish xarajatlarini hisoblashda bir qator mezonlar inobatga olinadi.
Ular orasida professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni, ta’lim yo‘nalishining murakkabligi, moddiy-texnik baza, kadrlar tayyorlashning ustuvor sohalarga mosligi va oliygohning ilmiy yo‘naltirilganligi bor.
Farmon bilan Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi, shuningdek Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi ham ish boshlaydi.
Bundan tashqari, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarosiga grant ajratishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi. 2026/2027 o‘quv yilidan xorijiy talabalarni “Study in Uzbekistan” platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar keyingi bosqichga hujjat topshirishda til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi.