Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Kalashnikov” dronlarga qarshi yangi o‘q-dorini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

© Konsern "Kalashnikov""Kalashnikov" razrabotal 5,45 mm patroni dlya effektivnoy borbi s dronami v zone SVO
Kalashnikov razrabotal 5,45 mm patroni dlya effektivnoy borbi s dronami v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, maxsus harbiy operatsiya hududida qo‘llash uchun mo‘ljallangan ushbu ko‘p elementli patron tez harakatlanuvchi FPV-dronlarni urib tushirish ehtimolini oshiradi
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. “Kalashnikov” konserni maxsus harbiy operatsiya hududida dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan yangi 5,45 mm ko‘p o‘qli avtomat patronlarini ishlab chiqdi va ularni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda konsern matbuot xizmati xabar qildi.
Konsern ma’lumotiga ko‘ra, sinovlar ushbu patronlarning tez harakatlanuvchi va manyovr qiladigan nishon — FPV-dronlarga qarshi qo‘llash samaradorligini baholash maqsadida o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘p elementli patron dronga tekkanda uning dvigateli, akkumulyator batareyasi, elektron platalari va kuch elementlarini shikastlagan. Bu esa apparatning favqulodda qulashiga olib kelgan.

Matbuot xizmatining bildirishicha, buyurtmachi yangi 5,45 mm patronlarning taktik-texnik xususiyatlari va aniqligini yuqori baholagan.
Patronlar AK-12 uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘p elementli snarad hisobiga, ayniqsa FPV-dronlar kabi kichik va tez nishonlarni urish ehtimolini oshiradi. Ta’kidlanishicha, patron konstruksiyasi o‘q otish barqarorligi va qurolning ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Rasmiy axborotga ko‘ra, ushbu 5,45 mm patronlar konsernning tashabbuskor-eksperimental ishlanmasi hisoblanadi. Ular standart 5,45×39 mm o‘q-dorilar o‘lchamiga mos bo‘lib, AK-12ning oddiy magazinlarida ishlatilishi mumkin.
Rossiya nachala massovo postavlyat na peredovuyu kompaktnie sputnikovie terminali Spirit-030 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina MV maslahatchisi: Rossiya frontga yangi sputnik terminallarini ommaviy yetkazmoqda
Yangiliklar lentasi
0