https://oz.sputniknews.uz/20260408/russia-bosh-prokuror-uzbekistan-tashrif-56776416.html
Rossiya bosh prokurori O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda
Rossiya bosh prokurori O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Bosh prokurori Aleksandr Gutsan amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkentda u Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolashi rejalashtirilgan.
2026-04-08T13:19+0500
2026-04-08T13:19+0500
2026-04-08T13:23+0500
tashrif
o‘zbekiston
rossiya
bosh prokuratura
hamkorlik
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56776241_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_9e2700bd7bee33f3eedf000349df4953.png
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu xaqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.Toshkentda tashrif doirasida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan. Toshkent aeroportida Gutsanni Yo‘ldoshev va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov kutib oldi.Bundan tashqari, tomonlar xalqaro-huquqiy hamkorlik jarayonlarini raqamlashtirish tajribasi bilan ham o‘rtoqlashishi kutilmoqda.Bu ikki davlat prokuratura idoralari o‘rtasidagi 2014-yil 8-oktabrda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasidagi navbatdagi dastur bo‘ladi.Avvalgi dasturlar 2019–2020, 2021–2023 va 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan edi. Xususan, 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi 2024-yil aprelida Moskvada O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha imzolangan.Bundan oldin, 7-aprel kuni Aleksandr Gutsan Astana shahrida Qozog‘iston bosh prokurori Berik Asilov bilan uchrashib, ikki idora o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga ikkinchi va uchinchi qo‘shimcha protokollarni imzolagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251021/cis-prokuratura-noqonuniy-migratsiya-kurash-52870162.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56776241_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_24d4827a3f70894fef0ef433f22fdc84.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aleksandr gutsan, nig‘matilla yo‘ldoshev, o‘zbekiston, rossiya, bosh prokuratura, hamkorlik dasturi, toshkent, axborot jinoyatlari, raqamli valyuta, bojxona
aleksandr gutsan, nig‘matilla yo‘ldoshev, o‘zbekiston, rossiya, bosh prokuratura, hamkorlik dasturi, toshkent, axborot jinoyatlari, raqamli valyuta, bojxona
Rossiya bosh prokurori O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda
13:19 08.04.2026 (yangilandi: 13:23 08.04.2026) Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu xaqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Toshkentda tashrif doirasida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
Toshkent aeroportida Gutsanni Yo‘ldoshev va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov kutib oldi.
Ta’kidlanishicha, yangi dastur axborot jinoyatlari va raqamli valyutadan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish, transport va bojxona sohasida qonunlar ijrosi, shuningdek, jinoiy jazolarni ijro etishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, tomonlar xalqaro-huquqiy hamkorlik jarayonlarini raqamlashtirish tajribasi bilan ham o‘rtoqlashishi kutilmoqda.
Bu ikki davlat prokuratura idoralari o‘rtasidagi 2014-yil 8-oktabrda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasidagi navbatdagi dastur bo‘ladi.
Avvalgi dasturlar 2019–2020, 2021–2023 va 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan edi. Xususan, 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi 2024-yil aprelida Moskvada O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha imzolangan.
Bundan oldin, 7-aprel kuni Aleksandr Gutsan Astana shahrida Qozog‘iston bosh prokurori Berik Asilov bilan uchrashib, ikki idora o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga ikkinchi va uchinchi qo‘shimcha protokollarni imzolagan edi.