Sibir darolarini Markaziy Osiyoga burish loyihasini tiklash mumkinmi — ekspert javobi
Sibir darolarini Markaziy Osiyoga burish loyihasini tiklash mumkinmi — ekspert javobi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Fanlar akademiyasi vakili Vladislav Polyanin Sibir darolarini Markaziy Osiyoga burish g‘oyasi hozircha dastlabki muhokamalar bosqichida ekani, bu masalada strategik muammolar ham saqlanib qolayotganini aytdi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Sibir darolarini Markaziy Osiyoga oqizish bo‘yicha sovet davridan qolgan loyihani qayta jonlantirish ehtimoli hozircha faqat muhokama darajasida qolmoqda. Bu haqda Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Valday” xalqaro klubining yillik Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi doirasida Sputnik O‘zbekiston muxbirining shu mavzudagi savoliga javob bergan Rossiya Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori Vladislav Polyanin ma’lum qildi.Uning aytishicha, taxminan yarim yil avval Rossiya Fanlar akademiyasining Yer haqidagi fanlar bo‘limidagi ilmiy-texnik kengashda 60-yil avvalgi loyihaga qaytish masalasi muhokama qilingan.Ekspertga ko‘ra, sovet davrida taklif etilgan ochiq kanallar ekologik nuqtayi nazardan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Bunga suvning katta qismi yo‘qolishi va yirik hududlarni suv bosishi xavfi asosiy sabab bo‘lgan.Polyaninning aytishicha, hozir bu mavzuda yirik diametrli quvurlar ishlab chiqaruvchi energetika kompaniyalari bilan bog‘liq ayrim tashabbuslar ham bor, ammo masala hozircha dastlabki muhokamalar bosqichida.Uning aytishicha, bunday tashabbuslar ortidagi yondashuv shundan iboratki, agar suv ochiq kanallar emas, balki yopiq quvurlar orqali uzatilsa, avvalgi variantga xos qator kamchiliklarni kamaytirish mumkin bo‘ladi.Shu bilan birga, u bunday tashabbuslarga shoshmasdan, vazmin yondashish lozimligini ta’kidladi. Polyaninning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda hali ko‘plab muammolar, jumladan strategik tusdagi masalalar ham saqlanib qolmoqda.
sibir darolari, markaziy osiyo, rossiya, vladislav polyanin, rossiya fanlar akademiyasi, suv muammolari instituti, suv tanqisligi, eski loyiha, sssr, quvur, kanal, ekologiya
sibir darolari, markaziy osiyo, rossiya, vladislav polyanin, rossiya fanlar akademiyasi, suv muammolari instituti, suv tanqisligi, eski loyiha, sssr, quvur, kanal, ekologiya
Sibir darolarini Markaziy Osiyoga burish loyihasini tiklash mumkinmi — ekspert javobi
Rossiya Fanlar akademiyasi vakili Vladislav Polyanin Sibir darolarini Markaziy Osiyoga burish g‘oyasi hozircha dastlabki muhokamalar bosqichida ekanini bildirdi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Sibir darolarini Markaziy Osiyoga oqizish bo‘yicha sovet davridan qolgan loyihani qayta jonlantirish ehtimoli hozircha faqat muhokama darajasida qolmoqda.
Bu haqda Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Valday” xalqaro klubining yillik Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi doirasida Sputnik O‘zbekiston muxbirining shu mavzudagi savoliga javob bergan Rossiya Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori Vladislav Polyanin ma’lum qildi.
Uning aytishicha, taxminan yarim yil avval Rossiya Fanlar akademiyasining Yer haqidagi fanlar bo‘limidagi ilmiy-texnik kengashda 60-yil avvalgi loyihaga qaytish masalasi muhokama qilingan.
Polyaninning ta’kidlashicha, gap hozircha loyihani to‘liq qayta ishga tushirish haqida emas, balki eski g‘oyani yangi texnologiyalar yordamida yana bir bor baholash haqida ketmoqda.
Ekspertga ko‘ra, sovet davrida taklif etilgan ochiq kanallar ekologik nuqtayi nazardan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Bunga suvning katta qismi yo‘qolishi va yirik hududlarni suv bosishi xavfi asosiy sabab bo‘lgan.
Polyaninning aytishicha, hozir bu mavzuda yirik diametrli quvurlar ishlab chiqaruvchi energetika kompaniyalari bilan bog‘liq ayrim tashabbuslar ham bor, ammo masala hozircha dastlabki muhokamalar bosqichida.
Uning aytishicha, bunday tashabbuslar ortidagi yondashuv shundan iboratki, agar suv ochiq kanallar emas, balki yopiq quvurlar orqali uzatilsa, avvalgi variantga xos qator kamchiliklarni kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, u bunday tashabbuslarga shoshmasdan, vazmin yondashish lozimligini ta’kidladi. Polyaninning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda hali ko‘plab muammolar, jumladan strategik tusdagi masalalar ham saqlanib qolmoqda.
Sibir darolarini janubga burish g‘oyasi SSSRda, ayniqsa 1960-yillardan 1980-yillar boshigacha faol o‘rganilgan. Loyiha doirasida Ob, Irtish va boshqa shimoliy darolar oqimining bir qismini suv tanqisligi sezilayotgan Markaziy Osiyoga yo‘naltirish, shu orqali sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish hamda Orol va Kaspiy havzalariga qo‘shimcha suv yetkazish masalalari ko‘rilgan.