Eron Yaqin Sharqdagi Ukraina dron operatorlariga yana zarba berishga tayyorligini bildirdi
Eron Yaqin Sharqdagi Ukraina dron operatorlariga yana zarba berishga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Eron parlamenti vakili Salar Velyatmedar ukrainalik dron mutaxassislari Yaqin Sharqqa tashlanganini aytdi. Zaxarova esa 25-martda Fors ko‘rfazida 200 dan ortiq ukrainalik mutaxassis borligini bildirgan edi.
2026-03-31T19:21+0500
2026-03-31T19:21+0500
2026-03-31T19:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Eron Ukraina Qurolli kuchlari dron operatorlarining Yaqin Sharqdagi harakatlarini kuzatmoqda va zarurat tug‘ilsa, ularga qarshi yana chora ko‘rishga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi a’zosi Salar Velyatmedar ma’lum qildi.Uning aytishicha, Eron tomonidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik dron mutaxassislari va bir nechta uchuvchisiz apparatlar mintaqaga tashlangan. Velyatmedarning so‘zlariga ko‘ra, Eron maxsus xizmatlari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borgan va Dubaydagi joylashuv haqida zarur ma’lumotlarni olgan.Avvalroq “Hotam al-Anbiya” harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfiqoriyning ma’lum qilishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-havo kuchlari va dengiz floti Dubayda 20 nafardan ortiq ukrainalik joylashgan harbiy omborga zarba bergan.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Ukraina Fors ko‘rfaziga o‘z mutaxassislarini yuborishi masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi.
Salar Velyatmedar fikricha, NATO yordamisiz Ukraina mavjudligi ham so‘roq ostida qoladi va shunday sharoitda AQShning Kiyevdan yordam so‘rashi Vashington og‘ir ahvolga tushganidan dalolat beradi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Eron Ukraina Qurolli kuchlari dron operatorlarining Yaqin Sharqdagi harakatlarini kuzatmoqda va zarurat tug‘ilsa, ularga qarshi yana chora ko‘rishga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi a’zosi Salar Velyatmedar ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Eron tomonidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik dron mutaxassislari va bir nechta uchuvchisiz apparatlar mintaqaga tashlangan. Velyatmedarning so‘zlariga ko‘ra, Eron maxsus xizmatlari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borgan va Dubaydagi joylashuv haqida zarur ma’lumotlarni olgan.
Avvalroq “Hotam al-Anbiya” harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfiqoriyning ma’lum qilishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-havo kuchlari va dengiz floti Dubayda 20 nafardan ortiq ukrainalik joylashgan harbiy omborga zarba bergan.
“Bizning fikrimizcha, bu Amerika armiyasi hozirgi mojaro sharoitida inqirozni boshdan kechirayotganidan dalolat beradi: AQSh o‘zi ham eng yaxshi davrlarni boshdan kechirayotgan Ukrainadan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Kiyev shundoq ham qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va agar NATO qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, unda Ukrainaning mavjudligi ham so‘roq ostida qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi Velyatmedar.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Ukraina Fors ko‘rfaziga o‘z mutaxassislarini yuborishi masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi.
“U yerda, mojaro zonasida — faqat Ukraina emas, balki Fors ko‘rfazida — allaqachon 200 nafardan ortiq ukrainalik dronlarga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar bor. Yana 30 kishi u yerga borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tasavvur qilyapsizmi, qanday surbetlik? Ya’ni u (Zelenskiy — tahr.) har doim unga hamma narsa yetishmayotganini aytadi va ko‘proq pul so‘raydi, o‘zining ekspertlarini esa Fors ko‘rfazi zonasiga yuboradi”, — dedi Zaxarova.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.