https://oz.sputniknews.uz/20260329/mirziyoev-muhammad-bin-salmon-muhokama-56583688.html
Mirziyoyev va Muhammad bin Salmon Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Muhammad bin Salmon Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefonda Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi. O‘zbekiston Podshohlik bilan birdamligini bildirib, umradagi fuqarolarga yaratilayotgan sharoit uchun minnatdorlik izhor etdi.
2026-03-29T20:06+0500
2026-03-29T20:06+0500
2026-03-29T20:06+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
telefon muloqoti
saudiya arabistoni
o‘zbekiston
haj
umra
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4afaec22e65a3524aaa86a6c84126bd7.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Suhbatda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otayotgani qayd etildi. Tomonlar eskalatsiyaning oldini olish va vaziyatni barqarorlashtirish muhimligini ta’kidladilar.Shuningdek, prezident hozir Saudiya Arabistonida Umra amallarini bajarayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan yordam uchun Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd shahzodaga minnatdorlik bildirdi.Muhammad bin Salmon O‘zbekiston prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlovini yuksak baholadi. Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun oliy darajadagi muloqotlar va qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
https://oz.sputniknews.uz/20260313/saidov-yaqin-sharq-56254329.html
saudiya arabistoni
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d2adb0eba850f40f8882abfc18786e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, muhammad bin salmon, saudiya arabistoni, o‘zbekiston, yaqin sharq, toshkent, ar-riyod, umra, podshoh salmon, telefon muloqoti
shavkat mirziyoyev, muhammad bin salmon, saudiya arabistoni, o‘zbekiston, yaqin sharq, toshkent, ar-riyod, umra, podshoh salmon, telefon muloqoti
Mirziyoyev va Muhammad bin Salmon Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Salmon bilan telefon muloqotida Saudiyada umra amallarini bajarayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamni yuqori baholadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Suhbatda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otayotgani qayd etildi. Tomonlar eskalatsiyaning oldini olish va vaziyatni barqarorlashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Davlat rahbari bunday sinovli kunlarda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni rahbariyati va xalqi bilan birdam ekanini bildirib, Podshohlikning vazmin va oqilona siyosatini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Shuningdek, prezident hozir Saudiya Arabistonida Umra amallarini bajarayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan yordam uchun Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd shahzodaga minnatdorlik bildirdi.
Muhammad bin Salmon O‘zbekiston prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlovini yuksak baholadi. Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun oliy darajadagi muloqotlar va qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.