https://oz.sputniknews.uz/20260326/tashkent-gertsen-universitet-magistr-diplom-56518041.html
Toshkentdagi Gersen universitetida magistrlarga diplom topshirildi
Toshkentdagi Gersen universitetida magistrlarga diplom topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filialida 39 nafar magistrga diplom topshirildi. Ularning 11 nafari imtiyozli diplom oldi, kelasi yil yangi yo‘nalishlar ochiladi.
2026-03-26T13:12+0500
2026-03-26T13:12+0500
2026-03-26T13:24+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ta’lim
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
talabalar
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56517424_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d725da2450f0d608bddf43b1c31466e3.jpg
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida magistratura bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Bu yil oliygohni “Psixologik-pedagogik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 39 nafar magistr tamomlamoqda, ularning 11 nafari imtiyozli diplom oldi.Ular “Maktabgacha ta’limda metodik ta’minot”, “Oila va bolani ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash” hamda “Ta’limda shaxs kamolotini psixologik qo‘llab-quvvatlash” kabi uchta ta’lim dasturi bo‘yicha malaka oshirishdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bitiruvchi Angelina Karpenkoning aytishicha, magistratura u uchun shunchaki ta’limning navbatdagi bosqichi emas, balki shaxsiy va kasbiy jihatdan yuksalishiga imkon bergan maskanga aylangan.Magistraturaning yana bir bitiruvchisi Yulduz Uzakbayeva ham universitetdagi o‘qish yillarini katta minnatdorchilik va samimiyat bilan eslaydi.A. I. Gersen nomidagi RDPUning Toshkent shahridagi filiali kelgusi o‘quv yilida ta’lim dasturlari ro‘yxatini kengaytiradi. Yangi yo‘nalishlar qatoridan raqamli ta’lim, inklyuziv ta’lim va adaptiv jismoniy tarbiya o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251028/mutaxassislari-gertsen-universitet-kurs-53022128.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56517424_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a2704ad61049b7677d220de5a5bbbc62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gersen universiteti, rdpu, toshkent filiali, magistratura, diplom, psixologik-pedagogik ta’lim, imtiyozli diplom, raqamli ta’lim, inklyuziv ta’lim, adaptiv jismoniy tarbiya
gersen universiteti, rdpu, toshkent filiali, magistratura, diplom, psixologik-pedagogik ta’lim, imtiyozli diplom, raqamli ta’lim, inklyuziv ta’lim, adaptiv jismoniy tarbiya
Toshkentdagi Gersen universitetida magistrlarga diplom topshirildi
13:12 26.03.2026 (yangilandi: 13:24 26.03.2026) Yoshlar uchta ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olib, endilikda inklyuziv va pedagogik ta’lim sohalari mutaxassislari safiga qo‘shiladi.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida magistratura bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Bu yil oliygohni “Psixologik-pedagogik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 39 nafar magistr tamomlamoqda, ularning 11 nafari imtiyozli diplom oldi.
Ular “Maktabgacha ta’limda metodik ta’minot”, “Oila va bolani ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash” hamda “Ta’limda shaxs kamolotini psixologik qo‘llab-quvvatlash” kabi uchta ta’lim dasturi bo‘yicha malaka oshirishdi, deb xabar beradi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bitiruvchi Angelina Karpenkoning aytishicha, magistratura u uchun shunchaki ta’limning navbatdagi bosqichi emas, balki shaxsiy va kasbiy jihatdan yuksalishiga imkon bergan maskanga aylangan.
“Hozir o‘z vatanimiz, jonajon O‘zbekistonimizdan chiqmasdan Rossiyaning eng sara oliygohlarida tahsil olish imkoniyatiga ega ekanimizdan behad xursandmiz”, — deydi u.
Magistraturaning yana bir bitiruvchisi Yulduz Uzakbayeva ham universitetdagi o‘qish yillarini katta minnatdorchilik va samimiyat bilan eslaydi.
“O‘tgan yillar mobaynida biz mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirishimizga ko‘maklashadigan psixologiya va pedagogika sohasidagi qimmatli bilim, ko‘nikma hamda metodikalarni o‘zlashtirdik”, — deydi Yulduz.
A. I. Gersen nomidagi RDPUning Toshkent shahridagi filiali kelgusi o‘quv yilida ta’lim dasturlari ro‘yxatini kengaytiradi. Yangi yo‘nalishlar qatoridan raqamli ta’lim, inklyuziv ta’lim va adaptiv jismoniy tarbiya o‘rin olgan.