Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Eron elchisi: Tehron YeOII, BRIKS va ShHTni G‘arb iqtisodiy hukmronligiga muqobil deb biladi

© RIA NovostiPosol Irana v Moskve Kazem Djalali
Posol Irana v Moskve Kazem Djalali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Obuna bo‘lish
Tehron bu tuzilmalar bilan hamkorlikni milliy valyutalarda savdo, mustaqil to‘lov tizimlari va yangi logistika yo‘laklari orqali iqtisodiy ta’sirni kuchaytirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Eron YeOII, BRIKS va ShHT bilan hamkorlikni G‘arbning jahon iqtisodiy zonalari ustidan hukmronligini zaiflashtirishga qodir bo‘lgan adolatli iqtisodiy tartibni shakllantirish vositasi sifatida ko‘radi. Bu haqda Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy ma’lum qildi.
“Biz Eron BRIKS, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi mexanizmlarga a’zolik va faol ishtirokni ko‘p qutbli va adolatli iqtisodiy tartibni shakllantirishning amaliy vositasi sifatida ko‘rishini bir necha bor ta’kidladik. U turli jihatlarda G‘arbning jahon iqtisodiy zonalari ustidan hukmronligini zaiflashtirishi mumkin”, — dedi diplomat o‘z intervyusida.
Jaloliyning ta’kidlashicha, moliyaviy sohada birlashmalarga a’zo davlatlar allaqachon aniq chora-tadbirlar ustida ishlamoqda. Ular qatoriga savdoda milliy valyutalardan foydalanish, mustaqil to‘lov tizimlariga, jumladan, BRICS Pay ga ulanish, shuningdek, g‘ayrig‘arbiy banklar o‘rtasida bosqichma-bosqich integratsiyani kuchaytirish kiradi.

“Global Janubning boshqa davlatlari ishtirokidagi tashkilotlarga a’zo mamlakatlar sanoat, energetika, savdo va logistika kabi sohalarda hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. Bu “Shimol — Janub” xalqaro transport koridorini rivojlantirish, erkin va imtiyozli savdo to‘g‘risida bitimlar tuzish, neft, gaz va neft-kimyo sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar va investitsiyalar transferini o‘z ichiga olishi mumkin”, — deya xulosa qildi elchi.

YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi YeAES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshladi
Yangiliklar lentasi
0