Okean ilimoqda, muzlar erimoqda: BMT insoniyat uchun xavfli hisobot e’lon qildi

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishOstrov Grenlandiya
Ostrov Grenlandiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Obuna bo‘lish
Hisobotda ta’kidlanishicha, ortiqcha issiqlikning asosiy qismi okeanda to‘planmoqda, bu esa dengiz sathi ko‘tarilishi, muzliklar erishi va g‘ayrioddiy ob-havo hodisalarini kuchaytirmoqda.
TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotiga ko‘ra, Yer iqlimi kuzatuvlar tarixidagi eng beqaror bosqichga kirgan.
Tashkilot hisobotiga muvofiq, 2015-2025 yillar kuzatuvlar tarixidagi eng issiq 11-yil bo‘ldi. 2025-yil esa 1850-1900 yillar o‘rtacha ko‘rsatkichidan taxminan 1,43 gradus yuqori bo‘lib, eng issiq yillardan biri sifatida qayd etildi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, parnik gazlari konsentratsiyasining o‘sishi Yerning energiya muvozanatini yanada izdan chiqarmoqda. 2025-yilda bu nomutanosiblik 65-yillik kuzatuvlar davridagi eng yuqori darajaga yetgan.
Ortiqcha issiqlikning 91 foizdan ko‘prog‘i okeanda to‘planmoqda. So‘nggi 20-yilda okean har yili insoniyatning bir yillik energiya iste’molidan taxminan 18 barobar ko‘p energiyani yutib kelgan.
Bu jarayon okean suvining isishi, muzliklar erishi va dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Xususan, 2025-yilda global o‘rtacha dengiz sathi 1993-yilda sputnik kuzatuvlari boshlangan davrdagidan taxminan 11 santimetr yuqori bo‘lgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda okeanning issiqlik zaxirasi kuzatuvlar boshlanganidan beri eng yuqori darajaga yetdi. 2005-2025 yillarda okeanning isish sur’ati 1960-2005 yillardagi ko‘rsatkichga nisbatan ikki baravardan ziyod bo‘lgan.
WMO ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Arktikada dengiz muzlari maydoni rekord darajada past bo‘lgan yoki shu darajaga yaqinlashgan, Antarktikada esa uchinchi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Shuningdek, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 2024-yilda kamida so‘nggi 2 million yildagi eng yuqori darajaga chiqqan.

“Global iqlim inqirozli holatda. Yer sayyorasi o‘z imkoniyati chekkasigacha zo‘riqtirilmoqda”,— dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishi o‘lim ko‘rsatkichlari, tirikchilik manbalari, ekotizimlar va sog‘liqni saqlash tizimiga keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, issiqlik stressi tobora jiddiy muammoga aylanmoqda. Bugun dunyodagi ishchi kuchining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i — 1,2 milliard kishi — har yili ish joyida kuchli issiqlik ta’siri xavfiga duch kelmoqda. Bu, avvalo, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari xodimlariga taalluqli.
Ledniki Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Tojikiston muzliklari keskin qisqarmoqda — Amudaryo kelajagi tahdid ostidami
Yangiliklar lentasi
0