https://oz.sputniknews.uz/20260324/sertifikat-orta-maxsus-talim-oquvchilar-imtihon-56471678.html
Sertifikati bor o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari ayrim fanlardan imtihon topshirmaydi
Sertifikati bor o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari ayrim fanlardan imtihon topshirmaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun yakuniy attestatsiya tartibiga o‘zgartish kiritildi. Sertifikati borlar ayrim fanlardan imtihon topshirmaydi va ularga maksimal ball qo‘yiladi.
2026-03-24T12:56+0500
2026-03-24T12:56+0500
2026-03-24T13:12+0500
ta’lim
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qonun
sertifikat
attestatsiya
imtiyoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1b/49565585_0:48:857:530_1920x0_80_0_0_9d0a9ae352101ae4ff33d5a556eadb5a.png
TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Akademik litsey va boshqa o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibiga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar kiritildi. Bu tegishli nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.Shu bilan birga, yakuniy attestatsiya sinovlarini 3-yil davomida topshira olmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnomani olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.Yana bir yangilikka ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlaridagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi. O‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘ladi.Bunda apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida o‘quvchining davlat imtihonida olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250909/maktab-bogcha-otm-prezident-yigilish-ozgarish-51860555.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1b/49565585_0:0:851:638_1920x0_80_0_0_3b37dd1d3bf3d2599948002a2b03a79d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘rta maxsus ta’lim, akademik litsey, yakuniy davlat attestatsiyasi, davlat imtihoni, sertifikat, xalqaro sertifikat, milliy sertifikat, maksimal ball, apellyatsiya, eksternat
o‘zbekiston, o‘rta maxsus ta’lim, akademik litsey, yakuniy davlat attestatsiyasi, davlat imtihoni, sertifikat, xalqaro sertifikat, milliy sertifikat, maksimal ball, apellyatsiya, eksternat
Sertifikati bor o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari ayrim fanlardan imtihon topshirmaydi
12:56 24.03.2026 (yangilandi: 13:12 24.03.2026) Yangi tartibga ko‘ra, o‘quvchi qaysi fan bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, o‘sha fandan imtihon topshirmaydi va unga eng yuqori baho qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Akademik litsey va boshqa o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibiga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar kiritildi. Bu tegishli nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda
nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi. Ularga ushbu fanlar bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shu bilan birga, yakuniy attestatsiya sinovlarini 3-yil davomida topshira olmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnomani olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Yana bir yangilikka ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlaridagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi. O‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunda apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida o‘quvchining davlat imtihonida olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.