Eron Fors ko‘rfazini minalashtirish bilan tahdid qildi

© AFP 2023 / Atta KenareIranskie soldati na katere v Ormuzskom prolive, arxivnoe foto
Iranskie soldati na katere v Ormuzskom prolive, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakat Mudofaa kengashi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan faqat dushman bo‘lmagan mamlakatlar kelishilgan holda o‘tishi mumkinligini eslatdi.
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Eron sohil yoki unga tegishli orollarga zarba berilgan taqdirda Fors ko‘rfazidagi barcha dengiz yo‘llarini minalashtiradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa kengashi ogohlantirdi.
“Dushmanning Eron qirg‘oqlari yoki orollariga tajovuz qilishga bo‘lgan har qanday urinishi Fors ko‘rfazi va qirg‘oq bo‘ylab barcha dengiz yo‘llari va aloqa yo‘laklari turli xil dengiz minalari, jumladan, qirg‘oqdan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan suzuvchi minalar bilan minalashga olib keladi”, - deyiladi “Fars” agentligi iqtibos keltirgan bayonotda.
Shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish faqat Tehronga dushman bo‘lmagan mamlakatlar uchun kelishilgan taqdirdagina mumkinligi eslatildi.
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Eron bu dengiz yo‘lini 48 soat ichida to‘liq ochmasa, “amerikalik harbiylar mamlakatdagi barcha elektr stansiyalarni yo‘q qilishi” haqida ogohlantirdi.
Bunga javoban Eron bunday holatda eronliklar AQShning Yaqin Sharqdagi hamma kompaniyalariga va mintaqadagi barcha energetika infratuzilmalariga hujum qilishini bildirdi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ormuzskiy proliv - vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq yopish bilan tahdid qildi
Yangiliklar lentasi
0