https://oz.sputniknews.uz/20260318/suniy-intellekt-dipfeyk-uzbekistan-kiberstrategiya-56356012.html
Sun’iy intellekt hujumi va dipfeykdan himoya: O‘zbekistonning yangi kiberstrategiyasi - video
Sun’iy intellekt hujumi va dipfeykdan himoya: O‘zbekistonning yangi kiberstrategiyasi - video
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Kiberxavfsizlik strategiyasi, davlat axborot tizimlari himoyasi, SIga asoslangan kiberhujumlar va dipfeyklar xavfi muhokama qilindi
2026-03-18T19:21+0500
2026-03-18T19:21+0500
2026-03-18T19:21+0500
matbuot markazi
matbuot markazi video
video
rossiya
o‘zbekiston
kiberhujum
kiberxavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56359890_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f2ec27e3981cae61a1e649cfadcd7b0b.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida prezident tomonidan 2026-yil 10-martda tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Kiberxavfsizlik strategiyasiga bag‘ishlangan Toshkent — Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.Toshkentda tadbirda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Idoralararo hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Albert Valiyev va Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Madina Mamadaliyeva ishtirok etdi. Moskva studiyasida esa axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Aleksey Lukaskiy qatnashdi.Kiberjinoyatchilikning oldini olish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Aleksey Lukaskiyning ta’kidlashicha, strategiyada bugungi kunda jahon standarti hisoblangan barcha asosiy yo‘nalishlar inobatga olingan. Unda asosiy e’tibor kibertahdidlarga javob qaytarishdan ko‘ra, ularning oldini olishga qaratilgan.Shuningdek, 2026-yilda, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli muhitda sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilayotgan dipfeyklar va kiberhujumlar asosiy tahdidlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.Mutaxassislar telefon orqali sodir etilayotgan firibgarliklarga ham alohida to‘xtalishdi. Qayd etilishicha, bunday qo‘ng‘iroqlarning katta qismi xorijdan, jumladan, Ukraina, Polsha va boshqa davlatlar hududidan amalga oshirilmoqda.Bunga qarshi kurash esa kompleks yondashuvni talab qiladi: operatorlar darajasidagi texnik filtrlashdan tortib, tezkor tergov va xalqaro hamkorlikkacha.Ba’tfsil Sputnik O‘zbekiston videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20260311/kiberxavfsizlik-tekshirish-xakerlar-jalb-etilish-56210850.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56359890_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_a989fc0891427ffbed338e56de261ec3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, kiberxavfsizlik strategiyasi, 2030, sputnik o‘zbekiston, kiberhujumlar, dipfeyk, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilik
o‘zbekiston, kiberxavfsizlik strategiyasi, 2030, sputnik o‘zbekiston, kiberhujumlar, dipfeyk, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilik
Sun’iy intellekt hujumi va dipfeykdan himoya: O‘zbekistonning yangi kiberstrategiyasi - video
Eksklyuziv
O‘zbekistonning yangi kiberxavfsizlik strategiyasi hamda raqamli davrning asosiy tahdidlari — sun’iy intellektga asoslangan kiberhujumlar va dipfeyklar ekspertlar tomonidan muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida prezident tomonidan 2026-yil 10-martda tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Kiberxavfsizlik strategiyasiga bag‘ishlangan Toshkent — Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda tadbirda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Idoralararo hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Albert Valiyev va Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Madina Mamadaliyeva ishtirok etdi. Moskva studiyasida esa axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Aleksey Lukaskiy qatnashdi.
Ekspertlar hujjatning asosiy qoidalari, davlat axborot tizimlari va muhim infratuzilmalarni himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Kiberjinoyatchilikning oldini olish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aleksey Lukaskiyning ta’kidlashicha, strategiyada bugungi kunda jahon standarti hisoblangan barcha asosiy yo‘nalishlar inobatga olingan. Unda asosiy e’tibor kibertahdidlarga javob qaytarishdan ko‘ra, ularning oldini olishga qaratilgan.
Shuningdek, 2026-yilda, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli muhitda sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilayotgan dipfeyklar va kiberhujumlar asosiy tahdidlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
Ishtirokchilar kibertahdidlar va firibgarlik sxemalariga qarshi kurashish bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi, shuningdek, bu sohadagi hamkorlik katta salohiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Mutaxassislar telefon orqali sodir etilayotgan firibgarliklarga ham alohida to‘xtalishdi. Qayd etilishicha, bunday qo‘ng‘iroqlarning katta qismi xorijdan, jumladan, Ukraina, Polsha va boshqa davlatlar hududidan amalga oshirilmoqda.
Bunga qarshi kurash esa kompleks yondashuvni talab qiladi: operatorlar darajasidagi texnik filtrlashdan tortib, tezkor tergov va xalqaro hamkorlikkacha.
Ba’tfsil
Sputnik O‘zbekiston videosida.