https://oz.sputniknews.uz/20260318/prezident-samarkand-loyihalar-56354420.html
Prezident Samarqandda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va transport loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Samarqandda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va transport loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Yoshlar kreativ parki, Telc imtihon markazi, zamonaviy elektrobuslar va yangi tunnel bilan tanishdi. Shaharda yoshlar imkoniyatlari, jamoat transporti va infratuzilma loyihalari kengaymoqda.
2026-03-18T15:35+0500
2026-03-18T15:35+0500
2026-03-18T16:03+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
jamiyat
samarqand viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56354112_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_588e2b6d1ea3b69d4ed67a605db3856a.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, shaharda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va jamoat transporti infratuzilmasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari tashrifini Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parkidan boshladi. Majmua 5,4 gektar maydonda 70 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etilgan.Loyihaning muhim jihatlaridan biri — “Telc” imtihon markazining Samarqandda ish boshlayotganidir. Unda yoshlar nemis tilini o‘rganib, xalqaro sertifikat olishi, keyinchalik Germaniyada dual kasbiy ta’limni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.Shu bilan birga, davlat rahbariga “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, yoshlar startaplari, imtiyozli kreditlar va “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi” kabi dasturlar haqida ham ma’lumot berildi.Prezident yoshlar bilan muloqot qilib, ularning tashabbus va loyihalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqand shahri uchun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash stansiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Birinchi bosqichda 49 million dollar hisobidan 100 ta elektrobus keltirilgan bo‘lib, ular shaharning 9 ta yo‘nalishida harakatlanib, kuniga qariyb 70 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.Tashrif davomida prezident 12 million dollar hisobiga qurilgan, bir kunda o‘rtacha 50 mingta transport vositasini o‘tkazish imkoniga ega 600 metrli tunnel bilan ham tanishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251125/urgut-samarkand-loyihalar-ozgarishlar-53740147.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56354112_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_902e3651ad81eb1714e7645ac5b7d30c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, samarqand, yoshlar kreativ parki, telc markazi, elektrobus, samarqand transporti, tunnel, muhammad al-xorazmiy vorislari, ibrat farzandlari, zamin, eco-schools uzbekistan, yettb
shavkat mirziyoyev, samarqand, yoshlar kreativ parki, telc markazi, elektrobus, samarqand transporti, tunnel, muhammad al-xorazmiy vorislari, ibrat farzandlari, zamin, eco-schools uzbekistan, yettb
Prezident Samarqandda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va transport loyihalarini ko‘zdan kechirdi
15:35 18.03.2026 (yangilandi: 16:03 18.03.2026) Prezident Samarqandda yoshlar uchun tashkil etilgan kreativ park, nemis tili bo‘yicha Telc markazi, yangi elektrobuslar va transport infratuzilmasi obyektlari bilan tanishdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, shaharda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va jamoat transporti infratuzilmasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Davlat rahbari tashrifini Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parkidan boshladi. Majmua 5,4 gektar maydonda 70 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etilgan.
Bu yerda yoshlar uchun zamonaviy va raqamli kutubxona, o‘quv markazi, kreativ to‘garaklar, sun’iy intellekt, 3D modellashtirish, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari tashkil etilgan. Shuningdek, axborot-resurs markazi, sport zallari va yer osti ekomuzeyi ham ishga tushirilgan.
Loyihaning muhim jihatlaridan biri — “Telc” imtihon markazining Samarqandda ish boshlayotganidir. Unda yoshlar nemis tilini o‘rganib, xalqaro sertifikat olishi, keyinchalik Germaniyada dual kasbiy ta’limni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, davlat rahbariga “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, yoshlar startaplari, imtiyozli kreditlar va “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi” kabi dasturlar haqida ham ma’lumot berildi.
Prezident yoshlar bilan muloqot qilib, ularning tashabbus va loyihalari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqand shahri uchun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash stansiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Birinchi bosqichda 49 million dollar hisobidan 100 ta elektrobus keltirilgan bo‘lib, ular shaharning 9 ta yo‘nalishida harakatlanib, kuniga qariyb 70 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Loyihaning ikkinchi bosqichida yana 250 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan. Buning uchun YeTTBdan 120 million dollar jalb etish ko‘zda tutilgan. Natijada yoqilg‘i sarfi kuniga 32 ming litrga, zararli gazlar chiqindisi esa 27 tonnaga kamayishi kutilmoqda.
Tashrif davomida prezident 12 million dollar hisobiga qurilgan, bir kunda o‘rtacha 50 mingta transport vositasini o‘tkazish imkoniga ega 600 metrli tunnel bilan ham tanishdi.