OAV: Eron inqirozi Grenlandiyadan keyin AQSh-Yevropa birdamligi yo‘qligini yana ko‘rsatdi
OAV: Eron inqirozi Grenlandiyadan keyin AQSh-Yevropa birdamligi yo‘qligini yana ko‘rsatdi
Sputnik O‘zbekiston
Eron atrofidagi inqiroz AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yondashuvlar farqini yana ochib berdi. Brussel Ho‘rmuz bo‘g‘oziga harbiy kuch yuborishga shoshilmayapti, Vashington esa ittifoqchilardan faolroq qadam kutmoqda.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsiz kema qatnovini ta’minlash uchun harbiy kemalar yuborish masalasida Vashington chaqiriqlarini qo‘llab-quvvatlamadi.Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarni, jumladan Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilarni, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash uchun harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirgan edi. Biroq Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya bu chaqiriqni qo‘llab-quvvatlamadi. Nashr buni Vashingtonning Eron bo‘yicha bosimiga nisbatan Yevropaning eng ochiq qarshiliklaridan biri deb baholamoqda.Reuters yozishicha, Brusselda bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida YeI davlatlari Qizil dengizdagi missiyani kuchaytirish masalasini muhokama qilgan, ammo uning mandatini Ho‘rmuz bo‘g‘ozigacha kengaytirishga qiziqish bildirmagan. Kallasning ta’kidlashicha, Yevropa uchun Ho‘rmuzdagi vaziyat harbiy emas, muzokaralar orqali hal qilish maqsadga muvofiq.Politico va boshqa g‘arb nashrlari bu vaziyatni Eron masalasidagi transatlantik tafovutning yanada yaqqollashuvi sifatida baholamoqda. Reuters nashriga ko‘ra, Kallas AQSh va Isroilni urushni to‘xtatishga chaqirgan va Yevropa mamlakatlari bu mojaroni avj oldirishdan manfaatdor emasligini aytgan.Reuters qaydicha, Polsha Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlar qatorida Yaqin Sharqdagi yangi harbiy operatsiyaga qo‘shilishga shoshilayotgani yo‘q.Shu tariqa, Eron atrofidagi inqiroz Yevropa Ittifoqi ichida emas, balki ko‘proq Yevropa va AQSh o‘rtasidagi yondashuvlar farqini ochib bermoqda. Vashington harbiy qadamlarni kuchaytirishga urinmoqda, Brussel esa hozircha diplomatik yechim va cheklangan mandatli amaldagi missiyalar doirasida qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
eron inqirozi, aqsh, yevropa ittifoqi, yei, ormuz bo‘g‘ozi, kaya kallas, donald tramp, aspides, grenlandiya, kelishmovchilik, tashqi siyosat, transatlantik munosabatlar, yevropa diplomatiyasi
eron inqirozi, aqsh, yevropa ittifoqi, yei, ormuz bo‘g‘ozi, kaya kallas, donald tramp, aspides, grenlandiya, kelishmovchilik, tashqi siyosat, transatlantik munosabatlar, yevropa diplomatiyasi
OAV: Eron inqirozi Grenlandiyadan keyin AQSh-Yevropa birdamligi yo‘qligini yana ko‘rsatdi
Eron inqirozi AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yondashuvlar farqini yana ochib berdi: Brussel Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kuch yuborishga tayyor emas, Vashington esa ittifoqchilardan faolroq ishtirok kutmoqda
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsiz kema qatnovini ta’minlash uchun harbiy kemalar yuborish masalasida Vashington chaqiriqlarini qo‘llab-quvvatlamadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarni, jumladan Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilarni, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash uchun harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirgan edi. Biroq Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya bu chaqiriqni qo‘llab-quvvatlamadi. Nashr buni Vashingtonning Eron bo‘yicha bosimiga nisbatan Yevropaning eng ochiq qarshiliklaridan biri deb baholamoqda.
"Bu, Grenlandiya atrofidagi inqiroz avjiga chiqqan davrdan beri blokning (YeI — tahr.) Oq uy bilan eng keskin qarama-qarshiligidir", — deb yozadi nashr.
Reuters yozishicha, Brusselda bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida YeI davlatlari Qizil dengizdagi missiyani kuchaytirish masalasini muhokama qilgan, ammo uning mandatini Ho‘rmuz bo‘g‘ozigacha kengaytirishga qiziqish bildirmagan. Kallasning ta’kidlashicha, Yevropa uchun Ho‘rmuzdagi vaziyat harbiy emas, muzokaralar orqali hal qilish maqsadga muvofiq.
Politico va boshqa g‘arb nashrlari bu vaziyatni Eron masalasidagi transatlantik tafovutning yanada yaqqollashuvi sifatida baholamoqda. Reuters nashriga ko‘ra, Kallas AQSh va Isroilni urushni to‘xtatishga chaqirgan va Yevropa mamlakatlari bu mojaroni avj oldirishdan manfaatdor emasligini aytgan.
Polsha bu fonga qo‘shimcha misol bo‘ldi. Bosh vazir Donald Tusk Varshava Eronga qo‘shin yubormasligini va bu mojaro Polsha xavfsizligiga bevosita aloqador emasligini bildirdi.
Reuters qaydicha, Polsha Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlar qatorida Yaqin Sharqdagi yangi harbiy operatsiyaga qo‘shilishga shoshilayotgani yo‘q.
Shu tariqa, Eron atrofidagi inqiroz Yevropa Ittifoqi ichida emas, balki ko‘proq Yevropa va AQSh o‘rtasidagi yondashuvlar farqini ochib bermoqda. Vashington harbiy qadamlarni kuchaytirishga urinmoqda, Brussel esa hozircha diplomatik yechim va cheklangan mandatli amaldagi missiyalar doirasida qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.