Yer va mol-mulk solig‘i qarzi 1 mln so‘mdan oshganlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklanadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishRosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
Obuna bo‘lish
Soliq qarzi uchun elektr to‘loviga cheklov qo‘yish mexanizmi sinovdan o‘tkaziladi. Bu kabi tartib chiqindi xizmati qarzdorlari uchun amal qilmoqda, boshqaruvchi kompaniya bo‘yicha 1-iyuldan joriy etiladi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzi 1 million so‘mdan oshgan jismoniy shaxslarga nisbatan elektr to‘loviga cheklov qo‘yish mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu maqsadda “Soliq billing” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi. U 16-apreldan Namangan viloyatida eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Ma’lum qilinishicha, soliq qarzi 1 million so‘mdan oshganda fuqaro bir necha bosqichda ogohlantiriladi.

Avvalo soliq hisoblangani haqida xabarnoma yuboriladi, keyin SMS orqali eslatma beriladi. Shuningdek, xabarlar “Soliq” mobil ilovasi va my.gov.uz orqali ham yuborilishi mumkin.

Shundan so‘ng fuqaroga elektr to‘loviga vaqtinchalik cheklov kiritilishi mumkinligi haqida alohida SMS yuboriladi. Undagi havola orqali qarzdorlik qachon shakllangani va ogohlantirish qaysi bosqichda ekanini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Agar barcha ogohlantirishlarga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmasa, fuqaroning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Qarz to‘langanidan so‘ng cheklov onlayn tartibda darhol bekor qilinadi.
Konkurs professionalnogo masterstva Luchshiy po professii sredi voditeley v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2025
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga cheklov o‘rnatildi
Yangiliklar lentasi
0