https://oz.sputniknews.uz/20260312/yekaterinburg-urgench-reys-56236571.html
"Red Wings" Yekaterinburgdan Urganchga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi
"Red Wings" Yekaterinburgdan Urganchga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi
Sputnik O‘zbekiston
Red Wings 14-apreldan Yekaterinburgdan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar seshanba kunlari SSJ-100 samolyotlarida amalga oshiriladi, safar vaqti 2 soat 50 daqiqani tashkil etadi.
2026-03-12T14:39+0500
2026-03-12T14:39+0500
2026-03-12T14:39+0500
rossiya
aviaparvozlar
o‘zbekiston
jamiyat
urganch
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/17/40228733_0:161:2981:1838_1920x0_80_0_0_80c84c8bbdb4a6e2c13f416ee9b42b48.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Yekaterinburgdan O‘zbekistonga yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi — 14-aprel kuni Kolsovo aeroportidan Urganchga birinchi reys amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.Shu tariqa Urganch Ural poytaxtidan "Red Wings" orqali parvoz qilish mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning ikkinchi shahriga aylanadi. Aviakompaniya 2022-yildan buyon Yekaterinburg — Buxoro yo‘nalishida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.Parvozlar har seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:30 da SSJ-100 samolyotlarida bajariladi. Safar davomiyligi 2 soat 50 daqiqani tashkil etadi."Red Wings" Rossiyaning yirik o‘nta aviakompaniyasidan biri bo‘lib, muntazam va charter yo‘lovchi tashuvlari, biznes-aviatsiya hamda yuk tashish xizmatlariga ixtisoslashgan. Kompaniya yo‘nalishlar tarmog‘i 100 tadan ortiq Rossiya va xalqaro manzillarni qamrab oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260219/red-wings-samara-urgench-reyslar-55813322.html
o‘zbekiston
urganch
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/17/40228733_250:0:2981:2048_1920x0_80_0_0_d76f2508c7e435e69e62c06aef16a2a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
red wings, yekaterinburg, urganch, kolsovo, o‘zbekiston, yangi reys, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz, xiva, ichan-qal’a, yunesko, ssj-100
red wings, yekaterinburg, urganch, kolsovo, o‘zbekiston, yangi reys, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz, xiva, ichan-qal’a, yunesko, ssj-100
"Red Wings" Yekaterinburgdan Urganchga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi
Yangi aviayo‘nalish Ural poytaxtidan O‘zbekistonga parvozlar geografiyasini kengaytiradi: "Red Wings" Yekaterinburgdan Urganchga muntazam reyslarni boshlaydi
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Yekaterinburgdan O‘zbekistonga yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi — 14-aprel kuni Kolsovo aeroportidan Urganchga birinchi reys amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa Urganch Ural poytaxtidan "Red Wings" orqali parvoz qilish mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning ikkinchi shahriga aylanadi. Aviakompaniya 2022-yildan buyon Yekaterinburg — Buxoro yo‘nalishida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Parvozlar har seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:30 da SSJ-100 samolyotlarida bajariladi. Safar davomiyligi 2 soat 50 daqiqani tashkil etadi.
"Yangi yo‘nalish Urganch orqali mashhur qadimiy Xiva shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochadi. Xivadagi Ichan qal’a YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va o‘rta asrlar me’morchiligining noyob namunasi sanaladi", - deyiladi xabarda.
"Red Wings" Rossiyaning yirik o‘nta aviakompaniyasidan biri bo‘lib, muntazam va charter yo‘lovchi tashuvlari, biznes-aviatsiya hamda yuk tashish xizmatlariga ixtisoslashgan. Kompaniya yo‘nalishlar tarmog‘i 100 tadan ortiq Rossiya va xalqaro manzillarni qamrab oladi.