Yog‘ingarchilik ta’siri bo‘lishi mumkin: Toshkent hokimligi yo‘l o‘pirilishiga munosabat bildirdi

© Xokimiyat goroda TashkentaNa tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni
Na tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga kuchli yog‘ingarchilik, tuproq namlanishi va konstruksiya yuklamasi ortishi sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahrida Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi yaqinidagi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman o‘pirilib tushdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar vakillari jalb etilgan.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishNa perekrestke ulis Temura Malika i Buyuk Ipak Yuli v Tashkente obvalilas chast dorogi na puteprovode, pishut v sossetax i publikuyut kadri
Na perekrestke ulis Temura Malika i Buyuk Ipak Yuli v Tashkente obvalilas chast dorogi na puteprovode, pishut v sossetax i publikuyut kadri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Na perekrestke ulis Temura Malika i Buyuk Ipak Yuli v Tashkente obvalilas chast dorogi na puteprovode, pishut v sossetax i publikuyut kadri
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Xususan, tuproqning haddan tashqari namlanishi hamda konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlarining sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati va obyektni qabul qilish tartibi ham atroflicha o‘rganilmoqda.
© Xokimiyat goroda TashkentaNa tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni
Na tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Na tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni
Texnik tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tiklash ishlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Agar qoidabuzarliklar yoki ishlarning lozim darajada bajarilmagani aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0