“Krokus”dagi terakt: 15 nafar sudlanuvchi umrbod qamoq jazosini oldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOglashenie prigovora obvinyayemim po delu o terakte v "Krokus Siti Xoll"
Oglashenie prigovora obvinyayemim po delu o terakte v Krokus Siti Xoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi terakt yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi: ayblanuvchilarning aksariyati umrbod qamoq jazosini oldi, yana bir qismiga esa 20-yilga yaqin va undan ortiq muddatlar tayinlandi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiyada Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi “Krokus Siti Xoll”dagi terakt ishi bo‘yicha 19 nafar sudlanuvchining 15 nafariga umrbod qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yana to‘rt nafar figurant 19-yil 11 oydan 22-yil 10 oygacha ozodlikdan mahrum etildi. Himoya tomoni hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishini ma’lum qildi.

Umrbod qamoq jazosi teraktning bevosita ijrochilari Shamsiddin Fariduni*, Dalerjon Mirzoyev*, Murodali Rajabalizoda* va Muhammadsobir Fayzovga* hamda yana 11 nafar sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanildi.

Qolgan to‘rt nafarga uzoq muddatli qamoq jazosi berildi. Jumladan, ijrochilarga uyni ijaraga bergan Alisher Qosimov* 22-yil 10 oyga hukm qilindi, uning uyi esa davlat foydasiga musodara etildi. Jangarilarga avtomobil sotgan Islomovlar* oilasining uch a’zosi esa 19-yil 11 oydan qamoq jazosi oldi.
Sudda jami 19 kishi javobgarlikka tortildi. Ularning 13 nafari teraktni sodir etish yoki unda ishtirok etishda, qolganlari esa terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashishda aybdor deb topilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, teraktga aloqador deb hisoblanayotgan yana ikki tashkilotchi va to‘rt nafar ishtirokchiga nisbatan tergov davom etmoqda. Ular xalqaro qidiruvga berilgan va sirtdan hibsga olingan.

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt “Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarish maqsadida Ukraina amaldagi rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab rejalashtirilgan va amalga oshirilganini" ma’lum qildi. Bu bayonot Rossiya tomonining tergov xulosasi sifatida e’lon qilingan.
"Krokus"dagi terakt

Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida 2024-yil 22-mart kuni terakt sodir etilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar binodagi odamlarga o‘q uzgan va tomosha zalini yoqib yuborgan. Oqibatda 149 kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, 609 kishi jarohat olgan. Yetkazilgan zarar qariyb 6 milliard rubl deb baholangan.

Voqeadan bir necha soat o‘tib teraktning 4 nafar ijrochilari Razan viloyatida Ukraina chegarasiga yaqin joyda hibsga olingan edi. Keyinchalik ularning guvohlik berishicha, ularga Ukraina chegarasidan o‘tish uchun maxsus "tuynuk" tayyorlangan.

KengaytirishYig‘ishtirish
*Rossiyada terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan
**Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilot
Strelba v Avstralii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2025
Avstraliyada yahudiylar bayrami paytida terakt sodir etildi — to‘liq tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0