Gaz va elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik uchun jazo og‘irlashtirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishElektrik ustanavlivayet sovremenniy elektroschetchik
Elektrik ustanavlivayet sovremenniy elektroschetchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Yangi o‘zgartishlar umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish va ulardan noqonuniy foydalanish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikni kuchaytiradi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiyasi, issiqlik, gaz va vodoprovod tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoki foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzganlik uchun fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigacha jarima solinadi. Ilgari bu miqdor mos ravishda 10–15 va 20–25 BHM edi.
Shuningdek, elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadida noqonuniy ulanish uchun endi BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin. Avval jarima 10–20 BHM etib belgilangan edi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana takror sodir etilsa, jarima, majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Ilgari jarimaning eng kam miqdori 25 BHMni tashkil etgan.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Sokrashenie bednosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Gaz, suv, elektr, parkovka: 2025-yilda qaysi xizmatlar eng ko‘p qimmatladi va arzonladi
Yangiliklar lentasi
0