Samarqand va Surxondaryoda kadastr xodimi va sobiq soliqchi noqonuniy pul olganida ushlandi

© CC0 / Unsplash / Bill OxfordNaruchniki. Illyustrativnoe foto
Naruchniki. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2026
Obuna bo‘lish
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr sohasi va soliq tizimiga aloqador ikki shaxs pul olgan vaqtida qo‘lga olindi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman va Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yer kadastri hamda soliq sohasi bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Pastdarg‘om tuman filiali kadastr muhandisi ushlandi.
U mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini vakolatli tanishlari orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berishni va’da qilib, buning evaziga 2,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda muhandisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish jinoyatida ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Yana bir tezkor tadbirda DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektorini ushladi.
U viloyat iqtisodiy sudida ko‘rilayotgan ish doirasida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga nisbatan egalik huquqini tiklab berish evaziga 1983-yilda tug‘ilgan fuqarodan 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Konvert i dollarovie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2025
Kadastr, bojxona va elektr sohasi xodimlari korrupsiya ishlari bo‘yicha qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0