Toshkent — Sankt-Peterburg yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Komitet po transportu Sankt-PeterburgaOtkrito avtobusnoe soobshenie iz Sankt-Peterburga v Tashkent
Otkrito avtobusnoe soobshenie iz Sankt-Peterburga v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg avtovokzalidan Toshkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Marshrut Qoraqalpog‘istondagi “Dovut-ota” chegara nazorat posti orqali o‘tadi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Sankt-Peterburg avtovokzalidan Toshkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sankt-Peterburg transport qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Safar vaqti 69 soatni tashkil etadi.
Avtobus yo‘l davomida Rossiyadagi “Mashtakovo”, Qozog‘istondagi “Sirim” va “Tajen”, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi “Dovut-ota” chegara nazorat punktlarida to‘xtaydi. Qatnov jadvali bilan avtovokzalning ma’lumot xizmati va rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Qatnovlar katta sig‘imli zamonaviy avtobuslarda amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun qulaylik maqsadida avtobuslarda hojatxona, multimedia va iqlim nazorati tizimlari hamda gadjetlarni quvvatlash uchun individual ulagichlar mavjud.
Avvalroq O‘zbekiston Transport vazirligi 23-fevraldan Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan edi. Qatnovlar haftada ikki marta — dushanba va juma kunlari bajariladi. Chipta narxi 1 200 000 so‘mni tashkil etadi.
Yo‘lda Moskva shahridagi “Novoyasenevskaya” avtovokzalida oraliq to‘xtash amalga oshiriladi. Toshkentga qaytish reyslari ham dushanba va juma kunlari soat 17:00 da bajariladi.
Samolet aviakompanii Red Wings - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
"Red Wings" Samara-Urganch yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Yangiliklar lentasi
0