Prezident raisligida farmatsevtika bo‘yicha yig‘ilish — asosiy yangiliklar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos soveshanie posvashennoe razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli
Sostoyalos soveshanie posvashennoe razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
Obuna bo‘lish
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun yangi choralar belgilandi. Sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va mahalliy dorilar ulushini 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda sohaga joriy yilda kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va 2030-yilgacha ichki bozorda mahalliy dorilar ulushini 70 foizga yetkazish vazifasi belgilandi. Shuningdek, kelgusi besh yilda eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda. Vitaminlar va biologik faol moddalar kabi mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari ham mavjud.
Soliq imtiyozlari va qo‘llab-quvvatlash
Joriy yil 1-apreldan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va dorivor o‘simliklar yetishtirish loyihalari uch yilga yer solig‘idan ozod qilinadi. Loyiha ishga tushgandan keyin tadbirkorlar uch yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini to‘lamaydi.
Biologik faol qo‘shimcha va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari xomashyo va uskunalar importi uchun bojlardan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish uchun tavsiya etilgan dorilarni ishlab chiqarish loyihalariga xorijiy valyutada 7 foizli kreditlar ajratiladi.
Viloyatlar hokimliklari tomonidan 2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari taklif etilgan. Ularni amalga oshirish orqali yiliga 1 milliard dollarlik import o‘rnini bosuvchi dorilar ishlab chiqarish mumkin.
Import va mahalliy ishlab chiqarish
Import qilinayotgan dorilarning yarmini 3 ta yirik korxona olib kelmoqda. Prezident ularni xorijiy hamkorlar bilan brendli dorilarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Buni rag‘batlantirish uchun royalti solig‘i 20 foizdan 5 foizga tushiriladi.
Original dorilarning patent muddati tugagach, ularni mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga texnologiya transferi xarajatining yarmi Farmatsevtika jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Eng ko‘p import qilinayotgan 100 turdagi dorini ishlab chiqarish uchun “Toshkent farma park” klasteri hududi yana 100 gektarga kengaytiriladi.
Davlat xaridlari va nazorat
1 sentabrgacha mahalliy mahsulot sertifikatiga ega tadbirkorlarga mahalliylashtirish darajasidan qat’i nazar davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, qalbaki nusxalar ko‘paygani sababli 21 turdagi original dorini ayrim xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga yetkazib berishni to‘xtatgan. Mas’ul idoralarga dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi qat’iy choralar ko‘rish topshirildi. Qalbaki dorilar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tadqiqotlar
Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. U “Toshkent farma park”da joylashadi.
Bu yerda klinikoldi tadqiqotlar laboratoriyasi, bio va kimyo laboratoriyalari hamda 250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi barpo etiladi.
Sohadagi olimlarni jalb qilib yangi dorilar ishlab chiqargan korxonalarga 100 ming dollargacha xarajatlar kompensatsiya qilinadi. Mahalliy olimlar yaratgan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun esa 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami meditsinskoy i farmatsevticheskoy sfer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Prezident tibbiyot sohasida islohotlar va yangi imtiyozlarni e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0