Umra ziyoratchilari uchun reyslar vaqtincha to‘xtatildi — rasmiy bayonot

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2026
Obuna bo‘lish
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida umra safarlari vaqtincha kechiktirildi. 2-mart kunigi Toshkent–Jidda reysi qoldirildi, aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 2-mart kuniga rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi umra reysi ma’lum muddatga qoldirilgan.

Aviaqatnovlarning vaqtincha to‘xtatilishi Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi va havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar bilan izohlanmoqda.

Qatnovlar qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha axborot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslikni tavsiya etmoqda. Ayni paytda, mazkur mamlakatlarda bo‘lib turgan vatandoshlarga ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Fuqarolardan vaziyatni to‘g‘ri qabul qilish, faqat rasmiy axborot manbalariga tayanib ish yuritish so‘ralmoqda.
Ka’ba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Haj safarida yangi tartib: qaysi kasalligi borlar ziyoratga borolmaydi?
Yangiliklar lentasi
0