Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Tver viloyatida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchun zavod qurilishi boshlandi

© Sayt pravitelstva Tverskoy oblastiV Tverskoy oblasti nachalos stroitelstvo zavoda dlya visokoskorostnoy jeleznoy dorogi
V Tverskoy oblasti nachalos stroitelstvo zavoda dlya visokoskorostnoy jeleznoy dorogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2026
Obuna bo‘lish
Loyiha yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti uchun muhim butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiyaning Tver viloyatida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “KSK” sanoat texnoparki yangi binosi poydevoriga ramziy tosh qo‘yildi.
Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Vitaliy Korolevning ta’kidlashicha, loyiha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)doirasidagi sanoat kooperatsiyasi namunasi bo‘lib, uni amalga oshirishda Rossiya, Belarus va Armaniston ishtirok etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “KSK” maydonchasida barpo etiladigan yangi quvvatlar Rossiyaning birinchi tezurar poyezdi hamda boshqa temir yo‘l transporti uchun noyob va yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Loyiha “Voyaj NPO” MChJ tomonidan YeOIIning sanoat kooperatsiyasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari doirasida amalga oshirilmoqda. U 300 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni nazarda tutadi. Ishlab chiqarishni 2028-yildan boshlash rejalashtirilgan.
Loyiha parametrlari:
– 12 ming kvadrat metr maydonga ega ishlab chiqarish korpusi barpo etiladi;
– zamonaviy yuqori texnologik uskunalar o‘rnatiladi;
– mahsulotlar yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallari ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi;
– loyiha YeOII doirasidagi sanoat kooperatsiyasi dasturi orqali moliyalashtirilmoqda.
YeABR zapustil perviy proyekt po islamskomu finansirovaniyu v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOTB Qozog‘istonda islomiy moliyalashtirishga oid birinchi loyihasini boshladi
Yangiliklar lentasi
0