Erondagi maktabda kamida 85 nafar bola halok bo‘ldi

© IRNAPosledstviya udara po devichyey shkole na yuge Irana
Posledstviya udara po devichyey shkole na yuge Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2026
Obuna bo‘lish
AQSh va Isroil Minab shahridagi qizlar maktabiga zarba berdi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Eron Janubidagi Hormozgon viloyatining Minab tumanida joylashgan qiz bolalar maktabiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 60 bola halok bo‘ldi 80 kishi yaralandi, deb xabar qildi Eron Islom Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Husayn Kermanpur.
"Oltmish yosh bola halok bo‘ldi, 80 kishi yaralandi va vayronalar ostidan yana qancha jasad topilishi noma’lum", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
Keyinroq Minab shahar prokurori qurbonlar soni 85ta yetdi, deb xabar qildi IRNA axborot agentligi.
© IRNAMateri pogibshix detey v Minabe posle raketnogo udara
Materi pogibshix detey v Minabe posle raketnogo udara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2026
Materi pogibshix detey v Minabe posle raketnogo udara
Shanba kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi. Raketa zarbalari Tehron, Isfaxon va yana bir necha shaharlarga berildi.
Turli ommaviy axborot vositalari nafaqat harbiy nishonlarga, balki Erondagi fuqarolik infratuzilmasiga ham raketa zarbalari haqida xabar bermoqda. Ko‘p sonli qurbonlar va jarohatlar haqida xabar berilgan.
Tehron bu AQSh va Isroilni asossiz tajovuzkorlikda aybladi va Isroilga hamda AQShning Yaqon Sharqdagi to‘rtta harbiy bazalariga javob zarbasi berdi.

Rossiya Va Xitoy Vashington va Tel-Avivning hujumlari keskin qoraladi va 28-yanvar kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisi o‘tkazishga chaqirdi.
Dim na meste udara po Tegeranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2026
Isroil va AQSh Eronga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0